Вверх

Ensiklopediya.uz:

O‘zME – O‘zbekiston Respublikasining birinchi universal milliy ensiklopediyasi. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etildi. Mazkur nashrni tayyorlashga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va sa’y-harakatlari b-n kirishilgan. 1996-yil 4-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston Respublikasi Qomusini nashr etish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Shu qaror asosida universal ensiklopediyaning soha so‘zliklarini tuzishga kirishildi, mezonlar ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martda «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to‘g‘risida» 154-qarori qabul qilingach, bu ishni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yuzaga keldi. Qarorda 12 jildli universal O‘zMEning ilmiy-nazariy va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishi belgilab berildi. Shu qaror asosida «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tuzildi. O‘zMEning mazmun va mundarijasini belgilashda jahon qomuschiligi an’analaridan va mamlakatimizda orttirilgan ijobiy tajribalaridan foydalanildi (O‘zME maqsadi va vazifalari uning 1-jildi muqaddimasida bayon qilingan).

- O'ZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASINING RASMIY SAYTIGA HUSH KELIBSIZ!
  • Tekst: kichikroq
  • Tekst: standart
  • Tekst: katta

“OLIVER TVISTNING BOSHDAN KECHIRGANLARI”
Maqolani o'qishdi: 1560 | 25-04-2013, 14:35 | Sharhlar: 0 | Turkim: Yangiliklar

 

Angliyaning ovloq shaharlaridan biridagi “Mehnat uyi” — “G‘aribxona”. Taqdir taqozasi bilan bu yerga kelib qolgan yosh va ko‘hlikkina juvonning shu mudhish dargohda ko‘zi yoridi. Bola dunyoga keldi-yu, ona esa olamdan o‘tdi.

Sho‘rpeshona go‘dak muhtojlik va qiynoqlar ostida o‘n yoshga to‘ldi. Uni tobutsozga shogirdlikka berdilar. Bola bu yerdagi azob-uqubatlar, haqoratlarga dosh berolmay, boshi oqqan tomonga qarab qochdi.

Mana katta London yo‘li, tuguncha ko‘targan, ust-boshi yupun, boshida homiysi, bisotida sariq chaqasi yo‘q so‘qqabosh, qiltiriq bolakay ketib boryapti.

Aziz kitobxon, keling, kitobni birgalikda o‘qib chiqaylik-chi, bolakay qaylarga oshiqyapti-yu, uni oldinda ne savdolar kutyaptiykin?

 

“OLIVER TVISTNING BOSHDAN KECHIRGANLARI”

Muallif: Charlz Dikkens

Nashr yili: 2013

Tili – o‘zbekcha, lotin alifbosida

 

Maqolani to'liq ko'rish
 
ODAM ANATOMIYASI ATLASI
Maqolani o'qishdi: 3176 | 25-04-2013, 12:16 | Sharhlar: 0 | Turkim: Yangiliklar

 

Hozir tibbiyot institutlari va o‘rta bilim yurtlari zimmasiga bilimdon, hozirgi zamon talablariga to‘la javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Zero talabalar chuqur bilim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni davlat tilidagi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash maqsadida ilk bor o‘zbek tilida odam anatomiyasi atlasi yaratildi.

 

 

ODAM ANATOMIYASI ATLASI

2 jildlik

Muallif: Ahmedov  Nosir  Komilovich

Nashr yili: 2013

Tili – o‘zbekcha, lotin alifbosida

 

Maqolani to'liq ko'rish
 
QADIMGI DUNYONING SIR-ASRORLARI
Maqolani o'qishdi: 992 | 25-04-2013, 10:49 | Sharhlar: 0 | Turkim: Yangiliklar

 

Ushbu kitobda qadimgi davrda mavjud bo‘lgan mamlakat, hudud, shaharlar hamda ulardagi me’moriy yodgorliklarning yaratilish va yo‘q bo‘lib ketishi sirlari haqida hikoya qilinadi. Ko‘pdan-ko‘p bezaklar o‘qilgan narsalarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

 

 

QADIMGI DUNYONING SIR-ASRORLARI

Katta yoshdagi maktab bolalari uchun ensiklopediya

Nashr yili: 2013

Tili – o‘zbekcha, lotin alifbosida

 

Maqolani to'liq ko'rish
 
“ИШ ЮРИТИШ”
Maqolani o'qishdi: 2631 | 24-04-2013, 14:05 | Sharhlar: 0 | Turkim: Yangiliklar



Ушбу китоб дастлаб 2000 йилда чиққан эди. Шундан сўнг 5 марта қайта нашр этилди. Ўтган давр мобайнида китоб мамлакатимизда ўзбек тилида иш юритишни жорий этилишида катта амалий аҳамиятга эга бўлди. 2012 йилги китобда сўнгги норматив ҳужжатлардан келиб айрим ўзгартиришлар киритилди, баъзи тузатишлар қилинди.

“ИШ ЮРИТИШ”

Муаллифлар: M. Аминов, А.Мадвалиев,  

                        Н.Маҳкамов, Н.Маҳмудов 

Нашр йили: 2012

Тили – ўзбекча, кирилл  алифбосида



Maqolani to'liq ko'rish
 
“РАНГЛАР ВА ОҲАНГЛАР”
Maqolani o'qishdi: 400 | 24-04-2013, 13:59 | Sharhlar: 0 | Turkim: Yangiliklar


 

Азиз китобхон!

 Ушбу тўпламда кейинги йилларда ёзилган шеърий тизмаларимдан айримлари жамланди. Хусусан, “Истиқлол манзаралари достони ҳақида икки оғиз сўз. Минг бор шукурки, Ҳурриятимизнинг шонли қадамларига, Мустақиллигимизнинг дастлабки йилларига мен ҳам гувоҳ бўлдим. Унутилмас, тарихий жараёнларда иштирок ҳам этдим. Мен бундан бениҳоя ифтихор қиламан. Достонда тасвир этилган лавҳаларнинг кўпчилиги эса ҳаётда айнан юз берган. Каттаю кичикка тушунарли бўлсин деган мақсадда халқона, қиссагўйлик услубини маъқул кўрдим

 

 

 

 

 “РАНГЛАР ВА ОҲАНГЛАР”  

Шеърлар ва достонлар

 

 

Муаллиф: Абдулла Орипов

Нашр йили: 2012

Тили – ўзбекча, кирилл ва лотин алифбосида

 

 

 

БОТАНИКА

ЗООЛОГИЯ

ОДАМ ВА УНИНГ

САЛОМАТЛИГИ

УМУМИЙ БИОЛОГИЯ

Maqolani to'liq ko'rish
 


Ruscha-o'zbekcha lug'at

Ushbu ikki jildli «Ruscha-o'zbekcha lug'at»dan 59 140 so'z o'rin olgan

To'liq ko'rish

Harid qilmoqchiman!

Yangi noyob kitob!

Hurmatli mehmon sizga O'zME nashrlaridan biri maqul kelgan bo'lsa siz saytimizdan harid qilish formasini to'ldirishingiz mumkin! va biz sizga tez orada javob beramiz!

Harid qilish shaklini to'ldirish

Oy yangiliklari

«    Ноябрь 2014    »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30

foydali saytlar

  • > O'zbekiston matbuot va axborot agentligi
  • > «Жахон» axborot agentligi
  • > O'zbekiston milliy axborot agentligi
  • > O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi konunchilik palatasi
  • > O'zbekiston Respublikasining prezidentining matbuot xizmati
  • > O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi


"O'zME"

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi to'grisida  batafsil bilmoqchimisiz?  1 - 12 jildlar to'grisida batafsil!

Batafsil 

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi haqida hujjatli film!

Yuklab olish

Yangiliklar

Abu Ali ibn Sino merosi – bebaho xazina
Buxoroda “Ibn Sinoning ilmiy-ma’naviy merosi – bashariyat uchun bebaho xazina” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Deputatlar qonunlarga tuzatishlar kiritmoqdalar
6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

“Earth Times” Orol muammosi haqida
Yaqinda Britaniyaning “Earth Times” onlayn-jurnalida “Orol qurishining salbiy oqibatlari yechimlarini qidirish” sarlavhali maqola e'lon qilindi. Unda dengizning hozirgi tang holati, uning ...

Samaradorlik, ishonchlilik, xavfsizlik
“Turkiston” saroyida 6-noyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasining 20-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O’zbekistonning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy hayoti nemis jurnalisti nigohida
Yaqinda Germaniyaning “Reisetravel”, “Fair-news”  va boshqa qator axborot portallarida nemis jurnalisti Folker Neyefning O’zbekistonda bo’lib o’tajak saylovlar va fuqarolarning o’zini-o’zi ...

Yangiliklar «Жахон» axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan

Reyting