Ââåðõ

Ensiklopediya.uz:

O‘zME – O‘zbekiston Respublikasining birinchi universal milliy ensiklopediyasi. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etildi. Mazkur nashrni tayyorlashga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va sa’y-harakatlari b-n kirishilgan. 1996-yil 4-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston Respublikasi Qomusini nashr etish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Shu qaror asosida universal ensiklopediyaning soha so‘zliklarini tuzishga kirishildi, mezonlar ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martda «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to‘g‘risida» 154-qarori qabul qilingach, bu ishni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yuzaga keldi. Qarorda 12 jildli universal O‘zMEning ilmiy-nazariy va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishi belgilab berildi. Shu qaror asosida «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tuzildi. O‘zMEning mazmun va mundarijasini belgilashda jahon qomuschiligi an’analaridan va mamlakatimizda orttirilgan ijobiy tajribalaridan foydalanildi (O‘zME maqsadi va vazifalari uning 1-jildi muqaddimasida bayon qilingan).

- O'ZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASINING RASMIY SAYTIGA HUSH KELIBSIZ!
  • Tekst: kichikroq
  • Tekst: standart
  • Tekst: katta

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»DIN



«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti  


Ko‘p jildli O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, soha ensiklopediyalari, izohli va ko‘p tilli lug‘atlar, ma’lumotnomalar tayyorlash va nashr etishga ixtisoslashgan ilmiy-ma’rifiy muassasa. Dastlab O‘zbekiston hukumatining «O‘zbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasini tashkil etish haqida»gi qarori (1968-yil 18-yanvar) bilan Toshkentda O‘zbekiston FA tarikibida (O‘zbekiston FA Til va adabiyot institutining 1965-yil tuzilgan ensiklopediya bo‘limi negizida) O‘zbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi nomi bilan tashkil etilgan. 1990-yildan 1997-yilga qadar «Qomuslar Bosh tahririyati» deb yuritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martdagi 154-sonli qarori bilan «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyotiga aylantirilgan. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi qarori asosida nashriyotga Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti qo‘shilishi munosabati bilan qayta tashkil etilgan. Muassis O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi.

Nashriyotning asosiy faoliyati jamiyat hayotining barcha sohalari bo‘yicha ensiklopedik nashrlar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar, o‘zbek xalqining tarixiy, madaniy merosi, qadriyatlari, tibbiyoti, sport va boshqa nashrlarga bo‘lgan aholi ehtiyojini qondirishdan iborat.

Nashriyotda 2007-yil 1-yanvarga 6 ta ilmiy tahririyat: Ilmiy-uslubiyat va so‘zlik; Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar; Tabiiy fanlar; Tibbiyot; Adabiyot va san’at; Tarix va qadriyatlar; tahririyatlari hamda Ishlab chiqarish, Buxgalteriya va iqtisodiy tahlil bo‘limlari bor. Nashriyotga ilmiy-metodik rahbarlikni jamoatchilik asosida ishlaydigan Bosh tahrir hay’ati (universal ensiklopediyaga) amalga oshiradi. Uning tarkibiga yirik olimlar, jamoat arboblari, nashriyot rahbarlari kirgan. Bosh tahrir hay’ati O‘zMEning g‘oyaviy, ilmiy, tahririy va badiiy darajasini oshirishda, maqolalar mezonini belgilashda, so‘zliklarni tasdiqlash, murakkab va munozarali masalalarni hal etishda qatnashadi, har bir jild materiallarini nashrga tavsiya etadi.

Nashriyot ilmiy tahririyatlari huzurida fan sohalari bo‘yicha ilmiy-maslahat kengashlari ham tuzilgan. Ularning a’zolari Bosh tahrir hay’ati a’zolari rahbarligida ishlaydi hamda muayyan sohaning so‘zligi va maqolalarini ko‘rib chiqib tasdiqlaydi.

1971–1980-yillar mobaynida 14 jildli universal «O‘zbek Sovet Ensiklopediyasi» (O‘zSE, Beryniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, 1981) nashr etildi. Unda 40 mingdan ziyod maqola joylashgan. Mazmun-mundarijasi bilan sovet mafkurasiga xizmat qilgan. Respublikada universal ensiklopediya nashrini yo‘lga qo‘yish O‘zbekiston FA prezidentlari akademiklar: H. M. Abdullayev, O. S. Sodiqov, «Akademiya» nashriyoti direktori A. Yoqubov nomlari bilan bog‘liq. Birinchi Bosh muharriri (1968–1974-yillarda) akademik, falsafa fanlari doktori I. M. Mo‘minov (1908–1974). Keyingi Bosh muharrirlari: 1975–1976-yillarda falsafa fanlari doktori M. Baratov (1933–2005), 1977–1986-yillarda akademik, tibbiyot fanlari doktori K. A. Zufarov (1925–2002), 1986–1988-yillarda falsafa fanlari doktori Q. H. Xonazarov (1922), 1988-yildan iqtisod fanlari doktori N. To‘xliyev (1947).

O‘zSE tayyorlash tarixida G‘. Salomov, A. Q. Valiyev, M. Abdullayev, A. Shomahmudov, P. G‘ulomov, Yu. Eshonqulov, S. Qorayev, T. Umarov, V. Rahimov, Sh. Tolipov, G‘. Ne’matov, Sh. Temurov, R. Meliqulov, E. Ahmedov, S. Sharofuddinov, U. Ahrorov, E. Zokirov, N. Kalentov, E. Shermatov, S. Saidaminov, Z. Matkarimova, D. Musayeva, J. Mirzayeva va boshqalar muayyan iz qoldirdilar. M. A. Mirboboyev, A. Abdurahimov, D. A. Shorahmedov, M. N. Aminov, S. Xolnazarov, M. Ashirova, A, Majidov, X. Z. Zokirov, S. Ibragimova, E. Inog‘omov, F. Hasanov, I. R. Xodiyev, A. Burxonovlar ensiklopediya nashrida katta tajriba maktabini o‘tab, 12 jildli universal «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»ni va boshqa nashrlarni tayyorlashda faol ishtirok etdilar. Milliy ensiklopediyani tayyorlashda, shuningdek S. Musayev, S. Toirov, S. Yo‘ldoshev, H. Abdiyev kabi tajribali jurnalistlar, A. Madvaliyev, O. Mavlonov, R. Ma’rufov, O. Bekov kabi olimlar, N. Mutalov, M. G‘afforova, M. Islombekova, M. Rasulova, M. Olimov, Sh. Alimova kabi muharrirlar katta hissa qo‘shdilar.

Nashriyot o‘tgan davr mobaynida 100 dan ortiq nomda turli ensiklopediya va fan sohalari bo‘yicha izohli lug‘atlar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar, ommabop kitoblar nashr etdi. Bular orasida «O‘zbekiston Respublikasi», «Toshkent» (rus va o‘zbek tillarida), «Paxtachilik» (2 jildli, rus tilida), «Uy-ro‘zg‘or», «Salomatlik» ensiklopediyalari, «Ruscha-o‘zbekcha lug‘at» (2 jild), «O‘zbekcha-ruscha lug‘at», «Hadis» (1–4-jildlar; 4 marta nashr etildi), «Yosh fizik ensiklopedik lug‘at», «Yosh matematik ensiklopedik lug‘at», «yosh ximik ensiklopedik lug‘at», «Ensiklopedik lug‘at» (2 jild), «Bolalar ensiklopediyasi» (3 marta nashr etildi), «Xotin-qizlar ensiklopediyasi» (3 marta nashr etildi), «Ish yuritish» (2 marta nashr etildi), «Islom ensiklopediyasi», «O‘zbekiston Respublikasi» (rus, o‘zbek va ingliz tillarida), «O‘zbek ismlari izohli lug‘ati», «Neft va gaz bo‘yicha ensiklopedik izohli lug‘at», «Fizikadan izohli lug‘at», «Tilshunoslik terminlari izohli lug‘ati», «Ruscha-o‘zbekcha-xitoycha so‘zlagich», «O‘zbekcha-arabcha lug‘at», «Ma’nolar mahzani» (o‘zbek xalq maqollarining izohi) va b. adabiyotlar, o‘rta maktab, kasb-hunar kollejlari, tibbiyot maktablari uchun darsliklar bor.

Nashriyot 2000—2006-yillarda 12 jildlik O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi nashrini yakunladi. O‘zMEning 1—11-jildlarida umumiy hajmi 1600 nashriyot-hisob tabog‘ini tashkil etgan qaryib 50 ming maqola berildi. O‘zME har bir jildida 800—1200 atrofida rangli va oq-qora suratlar, xaritalar o‘rin oldi. 5 mingga yaqin muallif va taqrizchilar qatnashdi. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasining 12-jildi maqolalari faqat O‘zbekistonga tegishlidir.

Nasriyot 2006-2008 yilarda O‘zbekiston FA Til va adabiyot instituti bilan birgalikda 5 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» nashr etdi (umumiy hajmi 375,0 nashriyot hisob tabog'i). 2008chi yilda nashriyotda Imom Buhoriyning "Sahihiy Buhoriy" hadislarini 2ta kitobda nashr qildi (adadi 10000 nusha, umumiy hajmi 161,48 nashriyot hisob tabog'i). 2009 yilda Toshkent shahrining 2200 yiligi minosabati bilan davlat buyurtmasi asosida "Toshkent" ensiklopediyasini chiqardi. Nashriyotda 2009chi yilda 61 nomda ,885,5 nashriyot-hisob tabog'ida, 942,1 nushada mahsulot chiqardi. 



Ðåêëàìà
Kontekst kodi


Ruscha-o'zbekcha lug'at

Ushbu ikki jildli «Ruscha-o'zbekcha lug'at»dan 59 140 so'z o'rin olgan

To'liq ko'rish

Harid qilmoqchiman!

Yangi noyob kitob!

Hurmatli mehmon sizga O'zME nashrlaridan biri maqul kelgan bo'lsa siz saytimizdan harid qilish formasini to'ldirishingiz mumkin! va biz sizga tez orada javob beramiz!

Harid qilish shaklini to'ldirish

Oy yangiliklari

«    Íîÿáðü 2014    »
Ïí Âò Ñð ×ò Ïò Ñá Âñ
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30

foydali saytlar

  • > O'zbekiston matbuot va axborot agentligi
  • > «Æàõîí» axborot agentligi
  • > O'zbekiston milliy axborot agentligi
  • > O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi konunchilik palatasi
  • > O'zbekiston Respublikasining prezidentining matbuot xizmati
  • > O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi


"O'zME"

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi to'grisida  batafsil bilmoqchimisiz?  1 - 12 jildlar to'grisida batafsil!

Batafsil 

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi haqida hujjatli film!

Yuklab olish

Yangiliklar

Abu Ali ibn Sino merosi – bebaho xazina
Buxoroda “Ibn Sinoning ilmiy-ma’naviy merosi – bashariyat uchun bebaho xazina” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Deputatlar qonunlarga tuzatishlar kiritmoqdalar
6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

“Earth Times” Orol muammosi haqida
Yaqinda Britaniyaning “Earth Times” onlayn-jurnalida “Orol qurishining salbiy oqibatlari yechimlarini qidirish” sarlavhali maqola e'lon qilindi. Unda dengizning hozirgi tang holati, uning ...

Samaradorlik, ishonchlilik, xavfsizlik
“Turkiston” saroyida 6-noyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasining 20-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O’zbekistonning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy hayoti nemis jurnalisti nigohida
Yaqinda Germaniyaning “Reisetravel”, “Fair-news”  va boshqa qator axborot portallarida nemis jurnalisti Folker Neyefning O’zbekistonda bo’lib o’tajak saylovlar va fuqarolarning o’zini-o’zi ...

Yangiliklar «Æàõîí» axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan

Reyting