Ââåðõ

Ensiklopediya.uz:

O‘zME – O‘zbekiston Respublikasining birinchi universal milliy ensiklopediyasi. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etildi. Mazkur nashrni tayyorlashga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va sa’y-harakatlari b-n kirishilgan. 1996-yil 4-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston Respublikasi Qomusini nashr etish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Shu qaror asosida universal ensiklopediyaning soha so‘zliklarini tuzishga kirishildi, mezonlar ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martda «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to‘g‘risida» 154-qarori qabul qilingach, bu ishni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yuzaga keldi. Qarorda 12 jildli universal O‘zMEning ilmiy-nazariy va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishi belgilab berildi. Shu qaror asosida «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tuzildi. O‘zMEning mazmun va mundarijasini belgilashda jahon qomuschiligi an’analaridan va mamlakatimizda orttirilgan ijobiy tajribalaridan foydalanildi (O‘zME maqsadi va vazifalari uning 1-jildi muqaddimasida bayon qilingan).

- O'ZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASINING RASMIY SAYTIGA HUSH KELIBSIZ!
  • Tekst: kichikroq
  • Tekst: standart
  • Tekst: katta

Ensiklopediya haqida






• O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi haqida •
 

         O‘zME – O‘zbekiston Respublikasining birinchi universal milliy ensiklopediyasi. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etildi. Mazkur nashrni tayyorlashga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va sa’y-harakatlari b-n kirishilgan. 1996-yil 4-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston Respublikasi Qomusini nashr etish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Shu qaror asosida universal ensiklopediyaning soha so‘zliklarini tuzishga kirishildi, mezonlar ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martda «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to‘g‘risida» 154-qarori qabul qilingach, bu ishni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yuzaga keldi. Qarorda 12 jildli universal O‘zMEning ilmiy-nazariy va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishi belgilab berildi. Shu qaror asosida «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tuzildi. O‘zMEning mazmun va mundarijasini belgilashda jahon qomuschiligi an’analaridan va mamlakatimizda orttirilgan ijobiy tajribalaridan foydalanildi (O‘zME maqsadi va vazifalari uning 1-jildi muqaddimasida bayon qilingan).

 

        O‘zMEda tasdiqlangan yo‘nalish (konsepsiya)ga ko‘ra, ensiklopediyada O‘zbekiston Respublikasi haqida materiallar b-n birgalikda umumbashariy ma’lumotlar ham berildi; ijtimoiy (60%) va tabiiy (40%) fanlar mutanosibligi saqlandi. Hamma universal ensiklopediyalarda bo‘lgani kabi unda barcha zamonlar va xalqlarga mansub mashhur shaxslar, kashfiyotchilar, sayyohlar, fan, texnika, adabiyot va san’at namoyandalari, taniqli davlat va siyosat arboblari to‘g‘risida maqolalar kirgan (bu borada tegishli mezon ishlab chiqilgan).

 

       O‘zMEning asosiy ilmiy tayanchi – Bosh tahrir hay’atidir. Uning ro‘yxati yuqoridagi so‘nggi qaror b-n tasdiqlangan. Bundan tashqari fan sohalari bo‘yicha 160 dan ziyod kishini birlashtirgan 23 ta ilmiy-maslahat kengashi ham tuzilgan. Ularning ro‘yxati har bir jild sarvarog‘i va uning orqasida berib boriladi. O‘zME 12 jildini tayyorlash jarayonida O‘zME Bosh tahrir hay’atining 20 martadan ziyod kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

       O‘zMEning 1-jildi 2000-yilda nashrdan chiqdi. O‘zME 1-jildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi o‘quvchilari»ga yo‘llagan tabrigi b-n boshlangan. Ensiklopediyaning umumalifbo harfidagi so‘nggi 11-jildining nashri 2005-yilda yakunlandi. O‘zMEning 1—11-jildlarida umumiy hajmi 1600 nashriyot-hisob tabog‘ini tashkil etgan qariyb 50 ming maqola berildi. Buning 40% dan ziyodi (20 mingdan ortig‘i) O‘zbekiston mavzusiga bag‘ishlangan. Umumbashariy maqolalarning ham anchagina qismi O‘zbekiston bilan uzviy bog‘liq holda yoritilgan.

 

          O‘zME 1–11-jildlarida faqat adabiyot sohasidan 56,124 muallif tabog‘ida 1538 ta maqola (12-jildda bu sohadan 10,3 muallif tabog‘idagi hajmda) maqola o‘rin oldi; tilshunoslik sohasidan 22,162 muallif tabog‘i hajmida 538 ta maqola, madaniyat va san’at sohasidan 94,19 muallif tabog‘ida 4000 dan ziyod maqola berildi.

 

          O‘zME har bir jildida 125–130 nashriyot-hisob tabog‘ida material berildi; 800–1200 atrofida bezaklar: rangli va oq-qora suratlar, xaritalar o‘rin oldi. 800 dan ziyod mualliflar, taqrizchilar qatnashdi.

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»ning 12-jildi maqolalari faqat O‘zbekiston haqidadir. 12-jildiga kiritilgan maqolalar, oldingi jildlardagi kabi alifbo tartibida emas, muayyan mavzu bo‘yicha joylashtirilgan. Kitob shartli ravishda 17 bo‘limga bo‘lindi. Har bir bo‘lim o‘zining mohiyatidan kelib chiqib boblarga, ular esa bandlarga ajratilgan. Shu tarzda ensiklopediya bo‘limlaridan muayyan mavzuni ochib beradigan, bir tizimga solingan batafsil axborotlar berildi. Albatta, bu axborotlar hozirgi kun, milliy mafkura nuqtai nazaridan yozilgan. Xususan, mamlakat tarixi mustaqillik yillarida qabul qilingan davrlashtirish asosida eng qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha xronologik tarzda izchil yoritilgan. Ensiklopediya sahifalaridagi maqolalarda mamlakatimizning bugungi kundagi hayoti, o‘zbek xalqining bunyodkorlik mehnati va yutuqlari yorqin aks ettirilgan.

          Ushbu jildda tegishli maqolalarga monand 800 dan ziyod rangli, oq-qora surat, xarita va boshqa bezaklar bor.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi hozirgi «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyida zamonaviy matbaa texnologiyasi asosida bosildi.

           O‘zMEning har bir jildini o‘quvchilar qizg‘in kutib oldi. «Xalq so‘zi», «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», «O‘zbekiston ovozi»,  «Hurriyat», «Toshkent haqiqati», «Toshkent oqshomi» va boshqa gazetalarda, «Ņafakkur», «Jahon adabiyoti», «Saodat» va boshqa jurnallarda taqrizchilar, informasion-reklama shaklidagi maqolalar, radio va televideniyeda eshittirish va ko‘rsatuvlar berildi.

O‘zbekkino kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar ijodiy studiyasi 2006-yilda 12-jildli «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» haqida «Javohirlar xazinasi» filmini yaratdi. 2006-yil 23-avgust soat 17-00da Alisher Navoiy nomidagi san’at saroyida ushbu film taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

"O'zME" ning 1-6 jildlari ("À","Â","Ã","Å","¨","É","Ê","Ì","Î" harflari kiritilgan. Jami 13 230 ta maqola.) elektron varianti



Ðåêëàìà
Kontekst kodi


Ruscha-o'zbekcha lug'at

Ushbu ikki jildli «Ruscha-o'zbekcha lug'at»dan 59 140 so'z o'rin olgan

To'liq ko'rish

Harid qilmoqchiman!

Yangi noyob kitob!

Hurmatli mehmon sizga O'zME nashrlaridan biri maqul kelgan bo'lsa siz saytimizdan harid qilish formasini to'ldirishingiz mumkin! va biz sizga tez orada javob beramiz!

Harid qilish shaklini to'ldirish

Oy yangiliklari

«    Íîÿáðü 2014    »
Ïí Âò Ñð ×ò Ïò Ñá Âñ
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30

foydali saytlar

  • > O'zbekiston matbuot va axborot agentligi
  • > «Æàõîí» axborot agentligi
  • > O'zbekiston milliy axborot agentligi
  • > O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi konunchilik palatasi
  • > O'zbekiston Respublikasining prezidentining matbuot xizmati
  • > O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi


"O'zME"

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi to'grisida  batafsil bilmoqchimisiz?  1 - 12 jildlar to'grisida batafsil!

Batafsil 

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi haqida hujjatli film!

Yuklab olish

Yangiliklar

Abu Ali ibn Sino merosi – bebaho xazina
Buxoroda “Ibn Sinoning ilmiy-ma’naviy merosi – bashariyat uchun bebaho xazina” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Deputatlar qonunlarga tuzatishlar kiritmoqdalar
6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

“Earth Times” Orol muammosi haqida
Yaqinda Britaniyaning “Earth Times” onlayn-jurnalida “Orol qurishining salbiy oqibatlari yechimlarini qidirish” sarlavhali maqola e'lon qilindi. Unda dengizning hozirgi tang holati, uning ...

Samaradorlik, ishonchlilik, xavfsizlik
“Turkiston” saroyida 6-noyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasining 20-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O’zbekistonning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy hayoti nemis jurnalisti nigohida
Yaqinda Germaniyaning “Reisetravel”, “Fair-news”  va boshqa qator axborot portallarida nemis jurnalisti Folker Neyefning O’zbekistonda bo’lib o’tajak saylovlar va fuqarolarning o’zini-o’zi ...

Yangiliklar «Æàõîí» axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan

Reyting