Ââåðõ

Ensiklopediya.uz:

O‘zME – O‘zbekiston Respublikasining birinchi universal milliy ensiklopediyasi. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etildi. Mazkur nashrni tayyorlashga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va sa’y-harakatlari b-n kirishilgan. 1996-yil 4-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston Respublikasi Qomusini nashr etish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Shu qaror asosida universal ensiklopediyaning soha so‘zliklarini tuzishga kirishildi, mezonlar ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martda «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to‘g‘risida» 154-qarori qabul qilingach, bu ishni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yuzaga keldi. Qarorda 12 jildli universal O‘zMEning ilmiy-nazariy va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishi belgilab berildi. Shu qaror asosida «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tuzildi. O‘zMEning mazmun va mundarijasini belgilashda jahon qomuschiligi an’analaridan va mamlakatimizda orttirilgan ijobiy tajribalaridan foydalanildi (O‘zME maqsadi va vazifalari uning 1-jildi muqaddimasida bayon qilingan).

- O'ZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASINING RASMIY SAYTIGA HUSH KELIBSIZ!
  • Tekst: kichikroq
  • Tekst: standart
  • Tekst: katta

Risola yoxud mang'itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi
Maqolani o'qishdi: 81 | 21-01-2014, 16:55 |

O‘rta Osiyo chorizm mustamlakasiga aylanayotgan va aylangan davrda el-yurt ozodligi, uning kelajagi haqida qayg‘urib kurashgan ilg‘or vatanparvar ziyolilardan biri Buxoro amirligi hududida yashab, ijod qilgan  Ahmad Donishdir.
XIX asrning ikkinchi yarmi Òurkiston xalqlari uchun tarixan murakkab davr bo‘lib, Ahmad Donishning “Risola yoxud mang‘itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi” asari yurt hukmdorlarining jaholat va g‘aflat botqog‘iga botib ketishi, mas'uliyat va hushyorlikni yo‘qotishlari, umrini o‘tab bo‘lgan aqidalarga o‘ralashib yashashlari oqibatida mamlakat o‘z mustaqilligidan mahrum bo‘lishi tarixiga bag‘ishlanadi.
Asar nomi shartli qo‘yilgan. Ahmad Donish faoliyati va ijodiy merosini o‘rgangan tadqiqotchilarning fikricha, asarning beshta yozma nusxasi bo‘lib, ularda asar turli nomlarda (“Kichik tarix” yoki “Safarnoma” desa, boshqasi “Buxoroi sharif amirlarining tarjimai holi” va h.k) qayd etilgan. Òojikiston FA akademigi Abdulg‘ani Mirzoyev besh nusxani taqqoslab, “Risola yoki Buxoro mang‘it amirlarining qisqacha tarixi” degan nomga to‘xtaydi.
Qayd etilgan nusxalarning birontasida ham asarning yozilgan yili aniq ko‘rsatilmagan. A.Mirzoyev asarda keltirilgan tarixiy dalillarga asoslanib, u Ahmad Donish umrining oxirlari, ya'ni 1895–1897 yillarda yozilgan degan xulosaga keladi.
Atoqli tojik va o‘zbek yozuvchisi Sadriddin Ayniy (1878–1954) Ahmad Donishni ko‘rgan, xonadonida bo‘lgan, shuningdek, “Navodir ul-vaqoye'” asarini o‘qigan bo‘lsa-da, uning “Risola”si haqida deyarli ma'lumot keltirmaydi. Mashhur sharqshunos olim E.E.Bertels birinchilardan bo‘lib Ahmad Donishning mang‘it amirlari tarixiga bag‘ishlangan asarini (“Rukopisi proizvedeniy Axmada Kalle”) (“Ahmad Kalla asarlari qo‘lyozmasi”) maqolasini e'lon qilish (1936) bilan o‘quvchilarni tanishtiradi. 
R.Hodizodaning “Chand sahifai nav dar tarjimai hol va ijodiyoti Ahmadi Donish” maqolasi (1957) va S.Ólug‘zodaning “Ahmadi Donish” risolasi (1959) nashr etilishi bilan Ahmad Donish ijodini o‘rganish keng avj olib ketdi.
1955 yilda Ibrohim Mo‘minov, 1957 yilda Z.Rajabov, 1961 yilda esa A.Bahovuddinovning XIX asrda O‘rta Osiyoda falsafiy, siyosiy, ijtimoiy fikrlar tarixiga bag‘ishlangan monografiyalarida Ahmad Donishning falsafiy, siyosiy, ijtimoiy fikrlariga alohida urg‘u berilgan.
Mazkur olimlar ilmiy salohiyatidan ilhomlanib, ushbu satrlar muallifi ham Ahmad Donishning iqtisodiy fikrlarini o‘rganishga oid bir necha maqolalar e'lon qilgan edi.
Sobiq sho‘rolar tuzumi davrida monografiya va maqolalar asosan rus tilida yozilar edi. 1960 yilda Ahmad Donishning “Risola yo muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mang‘itiya” asari arab alifbosida, tojik tilida nashr qilindi. 1967 yilda ushbu asar I.A.Najafova tomonidan “Òraktat Axmada Donisha “Istoriya mangitskoy dinastii” nomi bilan rus tiliga o‘girildi.
Hozirgacha ushbu noyob asarni o‘zbek tilida o‘qish ko‘pchilikka nasib etmagan.
Buni asar tilining ancha murakkabligi hamda arab va fors tillariga xos murakkab unsurlarning ko‘pligi bilan izohlash mumkin.
S.Ayniy “Esdaliklar”ida “...bu kitobning tili hozirgi zamon o‘quvchilariga og‘ir (haqiqatda ancha og‘ir)” deb, bejiz aytmagan. Shu tufayli ham bu og‘ir yukni o‘z bo‘yniga olishga hamma ham jur'at etmagan.
Men o‘zbek kitobxonlari ham ushbu tarixiy risoladan bahramand bo‘lishlari uchun uni o‘zbek tiliga o‘girishga jazm qildim. Albatta, tarjima oson kechmadi. Ayrim jumlalarni ravonroq ifoda etishda I.A.Najafovaning tarjimasi ham ancha madad berganini e'tirof etish joiz.
Ahmad Donish, haqiqatdan ham, XIX asrning donishmandlaridan edi. Boshqa bironta olim “donish” – “bilimdon” laqabi bilan nom qozonmagan. Ó donishmandligi, turli fan sohalarida bilimdonligi tufayli Ahmad Kalla, Kallalik Ahmad degan nom bilan ham mashhur edi.
Sadriddin Ayniy Ahmad Donishning ulug‘ zot ekanligini alohida uqtirib, uning “Navodir ul-vaqoye'” (“Nodir voqealar”) asari unda isyonkorlik fikri uy-g‘otganini e'tirof etadi.
Ahmad Donish falsafiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy bilimlardan chuqur mushohada etuvchi keng qamrovli olim va diplomat ham edi. Ó ilmi nujum, ya'ni yulduzshunoslik, geometriya, me'morlik, rassomlik, tabobat  san'atidan xabardor edi va shu kasblar bilan shug‘ullanar, she'r, risolalar yozar, hatto tanburda mashq ham qilar edi.
Ahmad Donish 1826 yil Buxoroda mudarris oilasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich savodni onasidan olgach maktab, madrasada tahsil ko‘rgan. Xattotlik, rassomlik, naqqoshlikni yaxshi bilgan, munajjimlikdan puxta bilimga egaligi tufayli amir Nasrullo nazariga tushgan. 1857, 1869, 1874 yillarda Buxoro amiri elchilari tarkibida Rusiya poytaxti Peterburgda bo‘ladi hamda rus imperator davlatining idora usuli va rus xalqi madaniyati bilan yaqindan tanishadi.
Ahmad Donish “Risola yoxud mang‘itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi” asarida mang‘itlar sulolasidan amir Muzaffar (1860–1885), amir Abdulahad (1885–1910) hukmronlik qilgan davrning bevosita shohidi bo‘lgani bois batafsil bayon qilib, ularga xalq baxtsizligining, Òurkistonning mustamlakaga aylanib qolishining, ikki tomonlama asoratga solinishining asosiy sababchilari sifatida qaraydi.
Ahmad Donish 1857 yil birinchi marta Peterburg safariga borishi oldidan amir unga topshiriq berar ekan, “Sen u erlardagi ichki vaziyat va davlatlari ahvolini yaxshi o‘rgan. Bu haqda oliy dargohga etkazasan. Har bir mamlakatning tashqi ahvolini savdogarlardan yoki sayyohlardan bilib olamiz”, deb tayinlaydi.
Ahmad Donish uch marta Peterburgda bo‘lib, shahar qurilishlari, imoratlar, bazmxonalar, ravon yo‘llarni ko‘rib, hatto Buxoro va Rossiya o‘rtasida iliqlik keltirish maqsadida 1874 yil podsho Aleksandr II qizi Maryam(Mariya)ni ta'rif qilib, unga she'r bag‘ishlagan bo‘lsa-da, ushbu mamlakatda ham xalq halovatda yashamayotganligini: “...hamma kishilarni g‘amgin va hazin bir holatda ko‘rardim”, degan guvohligi bilan ifodalaydi.
Ahmad Donish saroy tarixchilaridan tubdan farq qilgan. Ó riyokorlik, ikkiyuzlamachilikdan yiroq edi. “Men o‘zimni tanigandan beri erkin yurganman, hech qachon, hech mavridda asoratga tushmaganman, saroyga mansub bo‘lib, ma'mur va mashhur bo‘lgan vaqtlarda ham erkinligimni qo‘ldan bermay asoratni tan olgan emasman. Podshoga yozgan maktub va arizalarim ham riyokorlik va xushomadgo‘ylikdan xoli edi”, deb qayd etadi.
Ahmad Donish o‘z asarida XIX asrda xalqimiz o‘ta ayanchli ahvolda yashaganini, boshidan tom ma'noda qora kunlarni kechirganini, el-yurtimiz qanday qilib mustamlakaga aylanib qolganini aniq faktlar orqali bayon qiladi hamda “bu ahvolni tuzatish lozim”, degan xulosaga keladi.
Ahmad Donish amirlik tuzumida islohotlar o‘tkazish dasturini ishlab chiqqan mutafakkirdir. “Navodir ul-vaqoye'” (“Nodir voqealar”) asarining “Risolai dar nazmi tamaddun va taovun” (“Mamlakatni boshqarish va xalqni ma'rifatli qilish haqida risola”) bobi to‘rt shart, uch fasldan iborat bo‘lib, unda podshoning odil bo‘lishi va saltanatni mashvarat, maslahat yo‘li bilan boshqarishi lozimligi g‘oyasi ilgari suriladi. Mang‘itlar saltanati tarixiga bag‘ishlangan ushbu risolasida ham bir qancha islohotlar o‘tkazish taklifi bilan chiqqan. Bular: 1. Zarafshon daryosi suvini Buxoro va Samarqand viloyatlari o‘rtasida adolatli taqsimlash. 2. Buxoroda movut fabrikasi va konserva zavodlari qurish. 3. Er osti tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish va boshqalardan iborat bo‘lgan.
Ahmad Donish komil ishonch bilan dunyoda katta o‘zgarishlar ro‘y berishi, eski davlat sulolalari o‘zgarib, yangi davlat va yangi millatlar paydo bo‘lishini bashorat qilgan.
Mustaqillik sharofati bilan ozodlik, erkinlikka erishgan xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz o‘tgan “qora kunlarini” anglamasa, bilmasa istiqlolga azobu iztiroblarsiz, kurashsiz erishilmaganini teran tushunib etmaydi. Ólar mustaqillik osmondan tushmaganligini bilishlari uchun, rivojlanish, yuksalish, farovonlik yo‘lida olg‘a qadamlar tashlab, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tilayotganini qadrlay bilishi uchun ham shu kabi tarixiy asarlarni o‘qishlari kerak. Shunda “Biz kim edik va kim bo‘ldik”, degan savolga aniq javob bergan bo‘lar edik. Binobarin, hozirda barcha havas qilsa arziydigan fuqarolik jamiyatini barpo qilmoqdamiz.
Qariyb 150 yil davomida xalqimiz dahshatli davrni, zulm va istibdodni boshidan kechirganini eslash, bugungi baxtiyor onlarning qadriga etish uchun Ahmad Donishning ushbu tarixiy risolasidan bahramand bo‘lsinlar, deb uning o‘zbekcha tarjimasini erksevar xalqimizga havola etmoqdamiz.
Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri Abdulaziz Mansur tafsiri asosida keltirildi1.
Muhtaram o‘quvchilarning matnni erkin tarjima sifatida qabul qilishlari va ba'zi kamchiliklar nazarga tashlansa tarjimonni afv etishlari so‘raladi.
O‘rta Osiyo chorizm mustamlakasiga aylanayotgan va aylangan davrda el-yurt ozodligi, uning kelajagi haqida qayg‘urib kurashgan ilg‘or vatanparvar ziyolilardan biri Buxoro amirligi hududida yashab, ijod qilgan  Ahmad Donishdir.XIX asrning ikkinchi yarmi Òurkiston xalqlari uchun tarixan murakkab davr bo‘lib, Ahmad Donishning “Risola yoxud mang‘itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi” asari yurt hukmdorlarining jaholat va g‘aflat botqog‘iga botib ketishi, mas'uliyat va hushyorlikni yo‘qotishlari, umrini o‘tab bo‘lgan aqidalarga o‘ralashib yashashlari oqibatida mamlakat o‘z mustaqilligidan mahrum bo‘lishi tarixiga bag‘ishlanadi.Asar nomi shartli qo‘yilgan. Ahmad Donish faoliyati va ijodiy merosini o‘rgangan tadqiqotchilarning fikricha, asarning beshta yozma nusxasi bo‘lib, ularda asar turli nomlarda (“Kichik tarix” yoki “Safarnoma” desa, boshqasi “Buxoroi sharif amirlarining tarjimai holi” va h.k) qayd etilgan. Òojikiston FA akademigi Abdulg‘ani Mirzoyev besh nusxani taqqoslab, “Risola yoki Buxoro mang‘it amirlarining qisqacha tarixi” degan nomga to‘xtaydi.Qayd etilgan nusxalarning birontasida ham asarning yozilgan yili aniq ko‘rsatilmagan. A.Mirzoyev asarda keltirilgan tarixiy dalillarga asoslanib, u Ahmad Donish umrining oxirlari, ya'ni 1895–1897 yillarda yozilgan degan xulosaga keladi.Atoqli tojik va o‘zbek yozuvchisi Sadriddin Ayniy (1878–1954) Ahmad Donishni ko‘rgan, xonadonida bo‘lgan, shuningdek, “Navodir ul-vaqoye'” asarini o‘qigan bo‘lsa-da, uning “Risola”si haqida deyarli ma'lumot keltirmaydi. Mashhur sharqshunos olim E.E.Bertels birinchilardan bo‘lib Ahmad Donishning mang‘it amirlari tarixiga bag‘ishlangan asarini (“Rukopisi proizvedeniy Axmada Kalle”) (“Ahmad Kalla asarlari qo‘lyozmasi”) maqolasini e'lon qilish (1936) bilan o‘quvchilarni tanishtiradi. R.Hodizodaning “Chand sahifai nav dar tarjimai hol va ijodiyoti Ahmadi Donish” maqolasi (1957) va S.Ólug‘zodaning “Ahmadi Donish” risolasi (1959) nashr etilishi bilan Ahmad Donish ijodini o‘rganish keng avj olib ketdi.1955 yilda Ibrohim Mo‘minov, 1957 yilda Z.Rajabov, 1961 yilda esa A.Bahovuddinovning XIX asrda O‘rta Osiyoda falsafiy, siyosiy, ijtimoiy fikrlar tarixiga bag‘ishlangan monografiyalarida Ahmad Donishning falsafiy, siyosiy, ijtimoiy fikrlariga alohida urg‘u berilgan.Mazkur olimlar ilmiy salohiyatidan ilhomlanib, ushbu satrlar muallifi ham Ahmad Donishning iqtisodiy fikrlarini o‘rganishga oid bir necha maqolalar e'lon qilgan edi.Sobiq sho‘rolar tuzumi davrida monografiya va maqolalar asosan rus tilida yozilar edi. 1960 yilda Ahmad Donishning “Risola yo muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mang‘itiya” asari arab alifbosida, tojik tilida nashr qilindi. 1967 yilda ushbu asar I.A.Najafova tomonidan “Òraktat Axmada Donisha “Istoriya mangitskoy dinastii” nomi bilan rus tiliga o‘girildi.Hozirgacha ushbu noyob asarni o‘zbek tilida o‘qish ko‘pchilikka nasib etmagan.Buni asar tilining ancha murakkabligi hamda arab va fors tillariga xos murakkab unsurlarning ko‘pligi bilan izohlash mumkin.S.Ayniy “Esdaliklar”ida “...bu kitobning tili hozirgi zamon o‘quvchilariga og‘ir (haqiqatda ancha og‘ir)” deb, bejiz aytmagan. Shu tufayli ham bu og‘ir yukni o‘z bo‘yniga olishga hamma ham jur'at etmagan.Men o‘zbek kitobxonlari ham ushbu tarixiy risoladan bahramand bo‘lishlari uchun uni o‘zbek tiliga o‘girishga jazm qildim. Albatta, tarjima oson kechmadi. Ayrim jumlalarni ravonroq ifoda etishda I.A.Najafovaning tarjimasi ham ancha madad berganini e'tirof etish joiz.Ahmad Donish, haqiqatdan ham, XIX asrning donishmandlaridan edi. Boshqa bironta olim “donish” – “bilimdon” laqabi bilan nom qozonmagan. Ó donishmandligi, turli fan sohalarida bilimdonligi tufayli Ahmad Kalla, Kallalik Ahmad degan nom bilan ham mashhur edi.Sadriddin Ayniy Ahmad Donishning ulug‘ zot ekanligini alohida uqtirib, uning “Navodir ul-vaqoye'” (“Nodir voqealar”) asari unda isyonkorlik fikri uy-g‘otganini e'tirof etadi.Ahmad Donish falsafiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy bilimlardan chuqur mushohada etuvchi keng qamrovli olim va diplomat ham edi. Ó ilmi nujum, ya'ni yulduzshunoslik, geometriya, me'morlik, rassomlik, tabobat  san'atidan xabardor edi va shu kasblar bilan shug‘ullanar, she'r, risolalar yozar, hatto tanburda mashq ham qilar edi.Ahmad Donish 1826 yil Buxoroda mudarris oilasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich savodni onasidan olgach maktab, madrasada tahsil ko‘rgan. Xattotlik, rassomlik, naqqoshlikni yaxshi bilgan, munajjimlikdan puxta bilimga egaligi tufayli amir Nasrullo nazariga tushgan. 1857, 1869, 1874 yillarda Buxoro amiri elchilari tarkibida Rusiya poytaxti Peterburgda bo‘ladi hamda rus imperator davlatining idora usuli va rus xalqi madaniyati bilan yaqindan tanishadi.Ahmad Donish “Risola yoxud mang‘itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi” asarida mang‘itlar sulolasidan amir Muzaffar (1860–1885), amir Abdulahad (1885–1910) hukmronlik qilgan davrning bevosita shohidi bo‘lgani bois batafsil bayon qilib, ularga xalq baxtsizligining, Òurkistonning mustamlakaga aylanib qolishining, ikki tomonlama asoratga solinishining asosiy sababchilari sifatida qaraydi.Ahmad Donish 1857 yil birinchi marta Peterburg safariga borishi oldidan amir unga topshiriq berar ekan, “Sen u erlardagi ichki vaziyat va davlatlari ahvolini yaxshi o‘rgan. Bu haqda oliy dargohga etkazasan. Har bir mamlakatning tashqi ahvolini savdogarlardan yoki sayyohlardan bilib olamiz”, deb tayinlaydi.Ahmad Donish uch marta Peterburgda bo‘lib, shahar qurilishlari, imoratlar, bazmxonalar, ravon yo‘llarni ko‘rib, hatto Buxoro va Rossiya o‘rtasida iliqlik keltirish maqsadida 1874 yil podsho Aleksandr II qizi Maryam(Mariya)ni ta'rif qilib, unga she'r bag‘ishlagan bo‘lsa-da, ushbu mamlakatda ham xalq halovatda yashamayotganligini: “...hamma kishilarni g‘amgin va hazin bir holatda ko‘rardim”, degan guvohligi bilan ifodalaydi.Ahmad Donish saroy tarixchilaridan tubdan farq qilgan. Ó riyokorlik, ikkiyuzlamachilikdan yiroq edi. “Men o‘zimni tanigandan beri erkin yurganman, hech qachon, hech mavridda asoratga tushmaganman, saroyga mansub bo‘lib, ma'mur va mashhur bo‘lgan vaqtlarda ham erkinligimni qo‘ldan bermay asoratni tan olgan emasman. Podshoga yozgan maktub va arizalarim ham riyokorlik va xushomadgo‘ylikdan xoli edi”, deb qayd etadi.Ahmad Donish o‘z asarida XIX asrda xalqimiz o‘ta ayanchli ahvolda yashaganini, boshidan tom ma'noda qora kunlarni kechirganini, el-yurtimiz qanday qilib mustamlakaga aylanib qolganini aniq faktlar orqali bayon qiladi hamda “bu ahvolni tuzatish lozim”, degan xulosaga keladi.Ahmad Donish amirlik tuzumida islohotlar o‘tkazish dasturini ishlab chiqqan mutafakkirdir. “Navodir ul-vaqoye'” (“Nodir voqealar”) asarining “Risolai dar nazmi tamaddun va taovun” (“Mamlakatni boshqarish va xalqni ma'rifatli qilish haqida risola”) bobi to‘rt shart, uch fasldan iborat bo‘lib, unda podshoning odil bo‘lishi va saltanatni mashvarat, maslahat yo‘li bilan boshqarishi lozimligi g‘oyasi ilgari suriladi. Mang‘itlar saltanati tarixiga bag‘ishlangan ushbu risolasida ham bir qancha islohotlar o‘tkazish taklifi bilan chiqqan. Bular: 1. Zarafshon daryosi suvini Buxoro va Samarqand viloyatlari o‘rtasida adolatli taqsimlash. 2. Buxoroda movut fabrikasi va konserva zavodlari qurish. 3. Er osti tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish va boshqalardan iborat bo‘lgan.Ahmad Donish komil ishonch bilan dunyoda katta o‘zgarishlar ro‘y berishi, eski davlat sulolalari o‘zgarib, yangi davlat va yangi millatlar paydo bo‘lishini bashorat qilgan.Mustaqillik sharofati bilan ozodlik, erkinlikka erishgan xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz o‘tgan “qora kunlarini” anglamasa, bilmasa istiqlolga azobu iztiroblarsiz, kurashsiz erishilmaganini teran tushunib etmaydi. Ólar mustaqillik osmondan tushmaganligini bilishlari uchun, rivojlanish, yuksalish, farovonlik yo‘lida olg‘a qadamlar tashlab, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tilayotganini qadrlay bilishi uchun ham shu kabi tarixiy asarlarni o‘qishlari kerak. Shunda “Biz kim edik va kim bo‘ldik”, degan savolga aniq javob bergan bo‘lar edik. Binobarin, hozirda barcha havas qilsa arziydigan fuqarolik jamiyatini barpo qilmoqdamiz.Qariyb 150 yil davomida xalqimiz dahshatli davrni, zulm va istibdodni boshidan kechirganini eslash, bugungi baxtiyor onlarning qadriga etish uchun Ahmad Donishning ushbu tarixiy risolasidan bahramand bo‘lsinlar, deb uning o‘zbekcha tarjimasini erksevar xalqimizga havola etmoqdamiz.Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri Abdulaziz Mansur tafsiri asosida keltirildi1.Muhtaram o‘quvchilarning matnni erkin tarjima sifatida qabul qilishlari va ba'zi kamchiliklar nazarga tashlansa tarjimonni afv etishlari so‘raladi.



Maqolaga linklar:





2014-yil rejasi

2014-yil, " O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyotining nashr rejasi

To'liq ko'rish

Harid qilmoqchiman!

Yangi noyob kitob!

Hurmatli mehmon sizga O'zME nashrlaridan biri maqul kelgan bo'lsa siz saytimizdan harid qilish formasini to'ldirishingiz mumkin! va biz sizga tez orada javob beramiz!

Harid qilish shaklini to'ldirish

Oy yangiliklari

«    Ôåâðàëü 2014    »
Ïí Âò Ñð ×ò Ïò Ñá Âñ
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
 

foydali saytlar

  • > O'zbekiston matbuot va axborot agentligi
  • > «Æàõîí» axborot agentligi
  • > O'zbekiston milliy axborot agentligi
  • > O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi konunchilik palatasi
  • > O'zbekiston Respublikasining prezidentining matbuot xizmati
  • > O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi


"O'zME"

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi to'grisida  batafsil bilmoqchimisiz?  1 - 12 jildlar to'grisida batafsil!

Batafsil 

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi haqida hujjatli film!

Yuklab olish

Yangiliklar

Kuala-Lumpurda taqdimot marosimi
Kuala-Lumpurda “Road Show” ko’rgazmasi doirasida O’zbekiston sayyohlik salohiyatining taqdimoti bo’lib o’tdi. U Xususiy sayyohlik tashkilotlari assotsiatsiyasi tomonidan «Dolores tur», “MHV ...

“O’zbekiston Polshaning mintaqadagi asosiy sherigidir”
Yaqinda Varshavada bo’lib o’tgan davra suhbati chog’ida Polsha ekspertlari hamjamiyati O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari ...

J. Shashurin: “Fransiyadan har yili 15 ming nafardan ziyod sayyoh O’zbekistonga bormoqda”
2013-yili O’zbekiston eng ko’p fransiyalik sayyohlarni qabul qilgan  o’n mamlakat qatoridan joy oldi. Yaqinda Parijda bo’lib o’tgan “Amslav Tourisme” sayyohlik kompaniyasining 2014-yilga ...

M.Korter: “Biz O’zbekiston bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishga tayyormiz”
Yaqinda Bryusseldagi “Tour & Taxis” ko’rgazmalar markazida “Salon du Chocolat” ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Unda yuzdan ortiq qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ...

“Surajkund Grafts Mela”da o’zbek kuy-qo’shiqlari va xalq amaliy san'ati namoyish etildi
Hindistonning Xaryana shtatida ish boshlagan an'anaviy XXVIII “Surajkund Grafts Mela” folklor va xalq amaliy san'ati xalqaro festivalida hind zaminidagi 24 ta shtat hamda dunyoning qariyb ...

Yangiliklar «Æàõîí» axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan

Reyting