Вверх

Ensiklopediya.uz:

O‘zME – O‘zbekiston Respublikasining birinchi universal milliy ensiklopediyasi. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etildi. Mazkur nashrni tayyorlashga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va sa’y-harakatlari b-n kirishilgan. 1996-yil 4-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston Respublikasi Qomusini nashr etish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Shu qaror asosida universal ensiklopediyaning soha so‘zliklarini tuzishga kirishildi, mezonlar ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martda «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to‘g‘risida» 154-qarori qabul qilingach, bu ishni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yuzaga keldi. Qarorda 12 jildli universal O‘zMEning ilmiy-nazariy va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishi belgilab berildi. Shu qaror asosida «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tuzildi. O‘zMEning mazmun va mundarijasini belgilashda jahon qomuschiligi an’analaridan va mamlakatimizda orttirilgan ijobiy tajribalaridan foydalanildi (O‘zME maqsadi va vazifalari uning 1-jildi muqaddimasida bayon qilingan).

- O'ZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASINING RASMIY SAYTIGA HUSH KELIBSIZ!
  • Tekst: kichikroq
  • Tekst: standart
  • Tekst: katta

Mening birinchi sanoq kitobim
Maqolani o'qishdi: 307 | 24-04-2014, 15:27 | Sharhlar: 0 | Turkim: Yangiliklar

 

Mazkur kitob hali o'qish va yozishni o'rganmagan kichkintoylar uchun mo'ljallangan. Unda keltirilgan rasmlar orqali bolalar ingliz, o'zbek va rus tillarida 20 gacha sanashni o'rganadilar. Kitobcha bolaga sanoqni o'rgatishda ota-ona, bobo va buvilar hamda bog'cha murabbiylari uchun katta ko'mak beradi

“Mening birinchi sanoq kitobim”

Нашр йили: 2014

Тили – ўзбекча,русча, инглизча

лотин, кирилл алифбосида

  
Kitobda ayol kishining bo‘yida bo‘lgandan tortib, to ko‘zi yoriguniga qadar uning organizmida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar sodda va ravon tilda bayon etiladi. Shuningdek, bu yerda yorug‘ dunyoga kelgan mehmon – chaqaloqni qanday parvarishlash, kiyintirish va bola tarbiyasi bilan bog‘liq ko‘pgina masalalar bayon etilgan bo‘lib, bular chaqaloqni parvarish qilishda yosh onalar uchun dasturulamal vazifasini bajaradi. Mazkur kitob hayotida ilk bor farzand ko‘rishdek zo‘r quvonch arafasida turgan va eson-omon qutulib olib, jigargo‘shasini bag‘riga bosishga muyassar bo‘lgan onalarga mo‘ljallangan.  

Maqolani to'liq ko'rish
 
14 апрель 2014 йил
Maqolani o'qishdi: 332 | 16-04-2014, 11:50 | Sharhlar: 0 | Turkim: Yangiliklar

14 апрель 2014 йил

«Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Тошкент ислом университети билан кўп йиллардан бери ҳамкорлик қилиб келмоқда. 2014 йил 8 апрель куни Тошкент ислом университетида «Диншунослик фанининг методологияси, ёндашуви ва услубиятини такомиллаштиришнинг долзарб масалалари» мавзуида республика илмий-амалий конференция бўлиб ўтди. Конференцияда «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриётидан ҳам вакиллар қатнашдилар. Конференцияни Тошкент ислом университети ректори иқтисод фанлари доктори, профессор Р. Абдуллаев кириш сўзи билан очиб берди. Конференцияда дастлаб Ўзбекистон Республикаси Президенти девони масъул ходими фалсафа фанлари номзоди К. Комилов, Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Дин ишлари бўйича қўмита раиси фалсафа фанлари номзоди, доцент О. Юсупов, Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси муфтий У. Алимовнинг табрик сўзлари эшитилди. Конференцияда қуйидаги мавзулардаги маърузалар тингланди ва муҳокама қилинди: Диншунослик фанларини ўқитишда интерфаол услублардан фойдаланишнинг аҳамияти (т.ф.н., доц. Д. Раҳимжонов, ТИУ), О соотношении религиоведения, истории и философии религии (фал.ф.н., доц. Г. Тулеметова, ТИУ), Зардуштийликда Авеста «Гоҳ»ларининг ижтимоий-маънавий талқини (т.ф.д., проф. М. Исҳоқов, ТошДШИ), Мусулмон мамлакатлари тарихини ўрганишда минтақавий ёндашув (т.ф.д., проф. С. Агзамходжаев, ТИУ), Диншунослик фанини ўқитиш ва такомиллаштириш жараёнига методологик ёндашув (А. Ҳамдамова, ТАТУ), Тошкент ислом университети ИИТМнинг диншунослик, исломшунослик соҳаларини ривожлантиришдаги ўрни (т.ф.н., доц. И. Усмонов, ТИУ), Диншунослик ихтисослигининг филология йўналишидаги истиқболлари (фил.ф.д., проф. З. Исломов, ТИУ), VIII–X асрларда Бухородаги ноисломий динлар ҳақида (К. Раҳимов, ЎзР ФА ШИ), Замонавий диншуносликда ибора ва тушунчаларнинг қўлланиши (катта ўқитувчи У. Ғафуров, ТИУ), «Диний экстремизм ва терроризмга қарши курашнинг маънавий-маърифий асослари» махсус курсидан мавзуларни ўтиш жараёнида янги педагогик технологиялардан фойдаланиш (Б. Сафаров, Зомин педагогика коллежи), Дин социологияси ва психологиясининг диншунослик фанлари орасидаги ўрни (фал.ф.н. Б. Валиев, ТИУ), Ёшларда диний экстремизмга қарши ғоявий иммунитетни мустаҳкамлашнинг самарали усуллари (З. Ҳатамова, ФарПИ).

Maqolani to'liq ko'rish
 


Ruscha-o'zbekcha lug'at

Ushbu ikki jildli «Ruscha-o'zbekcha lug'at»dan 59 140 so'z o'rin olgan

To'liq ko'rish

Harid qilmoqchiman!

Yangi noyob kitob!

Hurmatli mehmon sizga O'zME nashrlaridan biri maqul kelgan bo'lsa siz saytimizdan harid qilish formasini to'ldirishingiz mumkin! va biz sizga tez orada javob beramiz!

Harid qilish shaklini to'ldirish

Oy yangiliklari

«    Апрель 2014    »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
 

foydali saytlar

  • > O'zbekiston matbuot va axborot agentligi
  • > «Жахон» axborot agentligi
  • > O'zbekiston milliy axborot agentligi
  • > O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi konunchilik palatasi
  • > O'zbekiston Respublikasining prezidentining matbuot xizmati
  • > O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi


"O'zME"

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi to'grisida  batafsil bilmoqchimisiz?  1 - 12 jildlar to'grisida batafsil!

Batafsil 

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi haqida hujjatli film!

Yuklab olish

Yangiliklar

Abu Ali ibn Sino merosi – bebaho xazina
Buxoroda “Ibn Sinoning ilmiy-ma’naviy merosi – bashariyat uchun bebaho xazina” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Deputatlar qonunlarga tuzatishlar kiritmoqdalar
6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

“Earth Times” Orol muammosi haqida
Yaqinda Britaniyaning “Earth Times” onlayn-jurnalida “Orol qurishining salbiy oqibatlari yechimlarini qidirish” sarlavhali maqola e'lon qilindi. Unda dengizning hozirgi tang holati, uning ...

Samaradorlik, ishonchlilik, xavfsizlik
“Turkiston” saroyida 6-noyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasining 20-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O’zbekistonning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy hayoti nemis jurnalisti nigohida
Yaqinda Germaniyaning “Reisetravel”, “Fair-news”  va boshqa qator axborot portallarida nemis jurnalisti Folker Neyefning O’zbekistonda bo’lib o’tajak saylovlar va fuqarolarning o’zini-o’zi ...

Yangiliklar «Жахон» axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan

Reyting