Bioorganik kimyo |
Maqolani o'qishdi: 754 | 29-11-2011, 15:59 | | ||||||||||
Tibbiyot fanining yanada rivojlanishi, shifokorlik kasbiga bo‘lgan talabning oshishi tibbiyot ta’limi sistemasida organik kimyodan bioorganik kimyoga o‘tishni taqozo etdi, binobarin bioorganik kimyo yuqori malakali shifokorlarni tayyorlashda zamon talablariga javob beradi. Tibbiyot institutlarida bioorganik kimyodan avval organik kimyoning umumiy kursi o‘qitilmaydi, shu sababli ushbu darslikda bioorganik kimyo materiallaridan oldin organik birikmalar tuzilishining nazariy asoslari va reaksiyalari izchillik bilan bayon etilgan. Tibbiyot institutlarida bioorganik kimyo kursining o‘qitilishidan ko‘zda tutilgan maqsad tabiiy organik birikmalar asosiy sinflarining kimyoviy hossalaridagi qonuniyatlarni ularning tuzilishi bilan bog‘liq holda o‘rganish va bu bilimlarni tirik organizmda boradigan jarayonlarning mohiyatini o‘rganishda qo‘llashdan iborat. Bioorganik kimyo bo‘lajak shifokorlarni hayotiy jarayonlarning molekular asosi bilan tanishtirishi, ularga dorivor vositalar vazifasini bajaruvchi ko‘p sonli organik birikmalarning tasnifi, tuzilishi, xossalarini, tibbiyotdagi ahamiyatini o‘rgatishi lozim. Tibbiyot institutlari uchun bioorganik kimyo bo‘yicha tasdiqlangan yangi dasturda talabalarga nazariy tushunchalarni chuqurroq tushuntirish, organik birikmalarning xossalari ularning elektron va fazoviy tuzilishiga bog‘liqligi haqidagi g‘oyani kurs davomida o‘rgatib borish ko‘zda tutilgan. Ammo tibbiyot institutlari uchun lotin alifbosida nashr etilgan darslik yo‘qligi bu fanning o‘qitilishini va talabalarning o‘zlashtirishini ancha qiyinlashtirmoqda. Mazkur darslik mana shu kamchilikni ma’lum darajada bartaraf qilish maqsadida bioorganik kimyo kursi dasturiga muvofiq yozildi. Darslikda muhim reaksiyalar mexanizmiga katta e’tibor berilgan, atomlar yoki atomlar guruhi o‘zaro ta’sirining elektron mexanizmlari shaklida tushunchalar keltirilgan, organik kimyoning qonuniyatlari, asosan, biologik ahamiyatga ega bo‘lgan moddalar va tabiiy dorilar misolida bayon qilingan.
Muallif: A. Mahsumov Nashr Yili: 2007 Tili-o’zbek, lotin alifbosida.
|
||||||||||
|
|
2012 yil, " O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyotining tadbirlar rejasi
Hurmatli mehmon sizga O'zME nashrlaridan biri maqul kelgan bo'lsa siz saytimizdan harid qilish formasini to'ldirishingiz mumkin! va biz sizga tez orada javob beramiz!
|
||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Ïí | Âò | Ñð | ×ò | Ïò | Ñá | Âñ |
|
|
|
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Avstriyada taqdimot
Yaqinda Venada bo’lib o’tgan “Ferien Messe Wien - 2013” xalqaro sayyohlik yarmarkasida Avstriya va dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida faoliyat ko’rsatadigan sayyohlik kompaniyalari, ...
Mintaqamiz suv-ekologiya muammolari Berlinda muhokama qilindi
O’zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasida “O’rta Osiyo atrof-muhitining muhofazasi bo’yicha loyihalar: mintaqaning suv muammolari” mavzuiga bag’ishlangan ...
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axboroti
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy va milliy tajribani chuqur tahlil etib, 2013-yilning 1-fevralidan boshlab respublika aholisiga chet el valyutasini sotishning takomillashtirilgan ...
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
O’zbek zamini ne'matlari Berlindagi “Yashil haftalik”da namoyish etildi
Ma'lumki, Berlin “Yashil haftalik” xalqaro qishloq xo’jaligi yarmarkasi an'ana tusini olgan va u ko’p yillardan buyon har yili yanvar oyining so’nggi o’n kunligida o’tkaziladi. 1926 ...
Yangiliklar «Æàõîí» axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan