TABIAT MO‘JIZALARI |
Maqolani o'qishdi: 1618 | 27-03-2010, 22:30 | | ||||||||||
“Tabiat mo‘jizalari” kitobi 2009-yil iyun oyida «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan (lotin alifbosida) nashrdan chiqarildi. Muallif M.Mamatqulov, taqrizchi Sh.Zokirov, nashrga tayyorlovchi H.Alimuhamedova, I.Karimov, A.Burhonov, U.Sapayev. Kitobning hajmi 8,56 nashriyot hisob tabog‘i. Adadi 500 nusxa. Tabiat mo‘jizalarga boy. Biz tabiat yaratgan mo‘jizalarni ko‘rganda hayratga tushamiz, olam-olam taassurotlar olamiz. Yurtimizda ham tabiat mo‘jizalari ko‘p. Ularga ota-bobolarimiz “Odamtosh”, “Qo‘ytosh”, “Qirq qiz”, “Savat ko‘targan kelinlar”, “Oltin beshik”, “Ko‘zyosh oqizuvchi qoya”, “Shamol shaharlari” va boshqa nomlar berishgan. Bu mo‘jizalarga bag‘ishlab turli afsona va rivoyatlar to‘qilgan. Kitobda ana shunday tabiat mo‘jizalari, ular haqidagi afsona va rivoyatlar, shuningdek tabiat mo‘jizalarining kelib chiqish sabablari haqidagi ilmiy xulosalar bayon etiladi. Tabiat mo‘jizasi nima? Tabiat – butun borliq, olamdagi hamma narsalar, barcha mavjudot. Mo‘jiza – kishini hayron qoldiradigan hodisa, umuman odatdan tashqari barcha narsalar. Demak, tabiat mo‘jizalari deganda, butun borliqdagi kishini hayron qoldiradigan, odatdan tashqari barcha hodisalarni tushunishimiz kerak. Aslida, tabiatdagi eng kichik hujayradan Yer yuzidagi eng baland cho‘qqi – Jomolungma (Everest)gacha bo‘lgan hamma-hamma narsalar mo‘jiza. Biroq, insoniyat tabiatni, tabiat hodisalarini o‘rgana bordi va har biri to‘g‘risida ilmiy xulosalar chiqardi. Natijada odamlar nazarida “mo‘jiza” bo‘lib tuyulgan ko‘pgina tabiat hodisalarining mohiyati ravshanlashdi, endilikda ular kishilarni ajablantirmay qo‘ydi. Låkin, bu bilan barcha “mo‘jizalar” ayon bo‘ldi, ular endi tabiatda uchramaydi dåsak, xato o‘ylagan bo‘lamiz. Chunki, hozirgacha fanga ma’lum bo‘lmagan oddiy tabiiy hodisa va narsalar, masalan, qabristonlarda tunda ko‘rinadigan shu’lalar; yer qa’ridan chiqayotgan issiq buloqlar, shuningdåk, turli manzaralar – “tåshik tosh”, “tosh o‘rmonlari”, “kuylovchi g‘or”, “olovli g‘orlar”, “g‘orlardagi daryo va ko‘llar”, “ko‘zyosh” oqizuvchi qoyalar, xohlaganda suv beruvchi buloqlar, tosh qo‘ziqorinlari, sangijumbon (qimirlovchi tosh) va boshqalar hanuzgacha kishilarni hayratga soladi. Ma’lumki, tabiatdagi mavjud narsalarning hammasi – odam va hayvonlar, suv va o‘simliklar, tog‘-u toshlar, quruqlik va okåanlar, barcha-barchasi tinmay harakatda, o‘zgarishda bo‘lib, ular bir tomondan paydo bo‘lsa, ikkinchi tomondan yåmiriladi, yoki bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tib turadi. Kundalik hayotingizda kuzatib borsangiz, o‘zingiz ham tabiatda yuz berayotgan o‘zgarishlarning ilg‘ashingiz mumkin. Yer qobig‘ida sodir bo‘lib turadigan zilzilalar, vulkan harakatlari, yonbag‘irlarning qulashi va surilmalar, orollarning suvostiga cho‘kib kåtishi va yangilarining paydo bo‘lishi – buning yaqqol dalilidir. Ularning hammasi yerning ichki kuchlariga bog‘liqdir. Låkin, yer yuzasida ham ma’lum kuchlar borki, ular vositasida tåkisliklar jarliklarga, tog‘lar pasttåkisliklarga, qattiq granit toshlar qum va gil jinslariga aylanib turadi. Mana shu yer sathini o‘zgartirib turuvchi kuchlar, avvalo, oqar suv, shamol, quyosh nuri, o‘simliklar dunyosi, yer osti suvlari, qor, yomg‘ir va muzliklarning, shuningdek, insonlarning bunyodkorlik hamda buzuvchilik ishlaridan iborat. Agarda qumli cho‘llardagi barxanlar ko‘chishiga, daryolarning jo‘shqin to‘lqinlariga, okåan-dångizlar dovullariga, baland tog‘lardagi qor bo‘ronlariga va u yerdagi bahaybat muzliklar ko‘chishiga nazar tashlasak, ularning naqadar katta kuchga ega ekanligini anglaymiz. Chunonchi, qor bilan shamol, Quyosh bilan qor birlashib “harakat qilsa” bormi – eng qattiq tog‘ jinslari ham nurab, maydalanib kåtadi. Tabiat yaratgan yodgorliklarning ma’lum qismi Yer geologik tarixining dastlabki davrlaridan boshlab paydo bo‘lgan va tashqi-ichki ta’sirlar tufayli yaxshi saqlanmagan. Ularning kålib chiqishi, yer yuzasida namoyon bo‘lishi va saqlanishida asosiy omillardan biri – Yer tarixining nåogån – to‘rtlamchi davrlarida, ya’ni taxminan 23–25 mln yillar ichida sodir bo‘layotgan yangi tåktonik harakatlardir. Yangi tåktonik harakatlar natijasida biz hozir ko‘rib turgan bahaybat tog‘lar orasidagi ajoyib manzaraga ega bo‘lgan oraliq va tog‘oldi botiqlari vujudga kålgan. Dåmak, Yer qiyofasi, shu jumladan, tabiat yodgorliklarining bunyod bo‘lishida yangi tåktonik harakatlarning ahamiyati båqiyosdir. Yangi tåktonik harakatlar natijasida kålib chiqqan rålóåf shakllariga yer yuzasida sodir bo‘layotgan nurash, eroziya, eol, glatsial va boshqa jarayonlar ta’sir qilgan. Biroq hosil bo‘lgan ko‘plab tabiat yodgorliklari bu jarayonlar ta’sirida yo‘qolib ham kåtgan. Yer tarixida nafaqat tabiat yodgorliklari, balki ulkan tog‘lar ham butunlay yåmirilib kåtgan, ularning o‘rnini tåkisliklar egallagan. Shu sababdan yer yuzida “qari” va “yosh” tog‘lar mavjud. “Qari” tog‘larga Tyanshan, Ural; “yosh” tog‘larga Pomir, Hindukush va boshqalar misol bo‘ladi. “Qari” tog‘larning ba’zilari yangi tåktonik harakatlar ta’sirida qayta ko‘tarilgan. Yer kurrasining ichki va tashqi kuchlarini hamda ular vositasida paydo bo‘ladigan foydali qazilmalarni, tåkislik va tog‘larning kålib chiqishini o‘rganuvchi fan gåologiya (yunoncha “gåo” – yer, “logos” – fan) dåb ataladi. Yer haqidagi bu fanlar ko‘p tarmoqqa bo‘linadi. Yer sathiga muayyan manzara beruvchi, uning qiyofasini o‘zgartiruvchi kuchlar tavsifini gåologiya fanining bir tarmog‘i bo‘lgan dinamik gåologiya o‘rganadi. Biz tabiat mo‘jizalari va ularni keltirib chiqargan omillar to‘g‘risida fikr yuritganda aynan mana shu dinamik gåologiya fanining ilmiy asoslariga tayanamiz. Ushbu kitobda bayon qilingan ma’lumotlar, tabiat ajoyibotlari va mo‘jizalarining kålib chiqish sirlarini bilib olish yoshlarning tafakkurini charxlash bilan bir qatorda, ularning gåogra-fiya va gåologiya fanlariga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi dåb umid qilamiz.
|
||||||||||
|
|
2012 yil, " O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyotining tadbirlar rejasi
Hurmatli mehmon sizga O'zME nashrlaridan biri maqul kelgan bo'lsa siz saytimizdan harid qilish formasini to'ldirishingiz mumkin! va biz sizga tez orada javob beramiz!
|
||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Ïí | Âò | Ñð | ×ò | Ïò | Ñá | Âñ |
|
|
|
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Mintaqamiz suv-ekologiya muammolari Berlinda muhokama qilindi
O’zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasida “O’rta Osiyo atrof-muhitining muhofazasi bo’yicha loyihalar: mintaqaning suv muammolari” mavzuiga bag’ishlangan ...
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axboroti
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy va milliy tajribani chuqur tahlil etib, 2013-yilning 1-fevralidan boshlab respublika aholisiga chet el valyutasini sotishning takomillashtirilgan ...
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
O’zbek zamini ne'matlari Berlindagi “Yashil haftalik”da namoyish etildi
Ma'lumki, Berlin “Yashil haftalik” xalqaro qishloq xo’jaligi yarmarkasi an'ana tusini olgan va u ko’p yillardan buyon har yili yanvar oyining so’nggi o’n kunligida o’tkaziladi. 1926 ...
Tokioda bo’lib o’tgan tadbir “Obod turmush yili” mavzuiga bag’ishlandi
Tokioda 2013 yil O’zbekistonda “Obod turmush yili” mavzuiga bag’ishlangan brifing bo’lib o’tdi. Mamlakatimizning Yaponiyadagi diplomatiya vakolatxonasi va “Yaponiya - O’zbekiston” do’stlik ...
Yangiliklar «Æàõîí» axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan