Ââåðõ

Ensiklopediya.uz:

O‘zME – O‘zbekiston Respublikasining birinchi universal milliy ensiklopediyasi. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etildi. Mazkur nashrni tayyorlashga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va sa’y-harakatlari b-n kirishilgan. 1996-yil 4-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston Respublikasi Qomusini nashr etish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Shu qaror asosida universal ensiklopediyaning soha so‘zliklarini tuzishga kirishildi, mezonlar ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martda «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to‘g‘risida» 154-qarori qabul qilingach, bu ishni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yuzaga keldi. Qarorda 12 jildli universal O‘zMEning ilmiy-nazariy va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishi belgilab berildi. Shu qaror asosida «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tuzildi. O‘zMEning mazmun va mundarijasini belgilashda jahon qomuschiligi an’analaridan va mamlakatimizda orttirilgan ijobiy tajribalaridan foydalanildi (O‘zME maqsadi va vazifalari uning 1-jildi muqaddimasida bayon qilingan).

- O'ZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASINING RASMIY SAYTIGA HUSH KELIBSIZ!
  • Tekst: kichikroq
  • Tekst: standart
  • Tekst: katta

Ekologiya
Maqolani o'qishdi: 2026 | 27-03-2010, 22:33 |

“Ekologiya” ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati 2009-yil may oyida «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashrdan chiqarildi. Muallif X.Salimov, taqrizchilar S.Baqoyev va U.Nosirov, nashrga tayyorlovchi H.Alimuhamedova, A.Kremensova, A.Burhonov, D.Hasanova. Kitobning hajmi 31,09 nashriyot hisob tabog‘i. Adadi 1000 nusxa. Izohli lug‘at o‘zida umumiy va amaliy ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishga doir atama va tushunchalarni mujassamlagan. Îliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining talabalariga o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi. Undan shuningdek, tabiat muhofazasi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar, konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari, o‘qituvchilar, aspirantlar va keyingi paytlarda biosferada sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga qiziqadigan barcha kishilar foydalanishi mumkin.

Hozirgacha turli mavzularga bag‘ishlangan etimologik, atamashunoslik, izohli, ensiklopedik va boshqa tur va mazmundagi ko‘pgina lug‘atlar chop etilgan. O‘zbekistonda ekologiya mavzusida ikkita izohli lug‘at nashrdan chiqarildi. Ammo, insoniyat tamaddunining rivojlanishi shu darajaga borib yetdiki, u o‘zining hayot darajasini yanada yuqoriga ko‘tarish ilinjida o‘z yashash muhitiga ko‘rsatadigan ta’sirini behad oshirdi. Bunday sharoitda yashash muhitini, unda hukm suradigan ekologik qonuniyatlarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun esa inson atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan atama va tushunchalar to‘g‘risida yetarli bilimga ega bo‘lishi shart. Agar ekologiya fani jadal rivojlanib borayotgan va kun sayin unga yangi atama va tushunchalar kirib kelayotgani e’tiborga olinadigan bo‘lsa, unda kishi o‘zining lug‘at boyligini beto‘xtov oshirib borishiga doimo ehtiyoj sezadi. «Kimki agar nomlanishni bilmasa, u hech narsani o‘rganolmaydi», – deb yozgan edi mashhur shved tabiatshunosi Karl Linney bundan gariyb uch asr ilgari.

Ushbu izohli lug‘at o‘zida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish bo‘yicha 1600 dan ortiq atama va tushunchalarni qamrab olgan. Ekologiya, dastavval, biologiya fanidan kelib chiqqan bo‘lib, biosferadagi barcha hayot jarayonlarini, jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni, muhitning biotik va abiotik komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va shu jumladan, fazoviy hodisalar (kosmos ekologiyasi)ni o‘rganuvchi fan. Ikkinchi tomondan, zamonaviy ekologiya ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarni kiritishni ham qamrab olgan (sanoat ekologiyasi). Bunga misol qilib hozirgi kunda konchilik sanoatida sianobakteriyalardan foydalanish, oqova suvlarni tozalashda ssenodesmus va boshqa tuban organizmlarni qo‘llash va shu singari qator biotexnologik jarayonlarni keltirish mumkin. Qisqa qilib aytganda, ekologiya yig‘ma fan sifatida barcha sohalar ichiga kirib borgan.

Lug‘at bilan tanishgan kishida unga ba’zi atamalarning kiritilganligi ortiqcha bo‘lib tuyulishi mumkin. Bu yerda muallif ko‘pchilik atamalarning tabiatdagi hodisalar singari o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga muvofiqligi, bir-birini to‘ldirmog‘i kabi xususiyatlarini hisobga olgan. Ko‘pchilik hollarda u yoki bu mavzuni yoritish maqsadida kiritilgan bir atama o‘z ortidan o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa atamalarni ham kiritishni taqozo qiladi. Lug‘atga bir qarashda o‘ta sodda, barchaga tanish va o‘zaro o‘xshash atamalar, masalan, «hayotchanlik» va «hayotchanlik qobiliyati», «o‘simliklar» va «o‘simliklar dunyosi», «tabiiy resurslar va tabiiy muhit resurslari» va boshqalar ham kiritilganki, bu dastavval standartlash uchun zarur va qolaversa, birovga ma’lum bo‘lgan atama boshqaga ma’lum bo‘lmasligi mumkin.

Ba’zi atamalarni berishda muallif ular to‘g‘risida mumkin qadar ko‘proq ma’lumotlarni keltirib, atamaga ensiklopedik mazmun berishga harakat qilgan. Ba’zi atama va tushunchalarning o‘quvchiga yetib borishini osonlashtirish maqsadida ularni mahalliy sharoitdan keltirilgan misollar bilan izohlashga harakat qildi.

Mazkur izohli lug‘atda quyidagi mavzularga tegishli atama va tushunchalar mujassam: 1) biosferaning tarkibi (tur, populatsiya, uyushma va ularning iyerarxiyasi); 2) muhit va hayot omillari; 3) organizmlarning hayot va ekologik shakllari; 4) ekologik qonunlar, prinsip va qoidalar; 5) areallar; 6) individlardagi, populatsiyalardagi va uyushmalardagi hayot jarayonlari; 7) muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va obyektlar; 8) tabiat muhofazasidagi biologik va texnologik tadbirlar; 9) resurslarni tejash va tabiatdan foydalanish; 10) muhitning ifloslanishi, kimyoviy zaharlar; 11) ijtimoiy ekologiya masalalari; 12) evolutsion ekologiya masalalari; 13) abiotik muhitda kechadigan tabiiy jarayonlar; 14) atrof-muhitning xalqaro muhofazasi. Lug‘atdan shuningdek, ikki yoki undan ortiq mavzularga daxldor bo‘lgan oraliq atama va tushunchalar ham joy olgan.



Maqolaga linklar:





2012 yil rejasi

2012 yil, " O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyotining tadbirlar rejasi

To'liq ko'rish

Harid qilmoqchiman!

Yangi noyob kitob!

Hurmatli mehmon sizga O'zME nashrlaridan biri maqul kelgan bo'lsa siz saytimizdan harid qilish formasini to'ldirishingiz mumkin! va biz sizga tez orada javob beramiz!

Harid qilish shaklini to'ldirish

Oy yangiliklari

«    Ôåâðàëü 2013    »
Ïí Âò Ñð ×ò Ïò Ñá Âñ
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
 

foydali saytlar

  • > O'zbekiston matbuot va axborot agentligi
  • > «Æàõîí» axborot agentligi
  • > O'zbekiston milliy axborot agentligi
  • > O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi konunchilik palatasi
  • > O'zbekiston Respublikasining prezidentining matbuot xizmati
  • > O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi


"O'zME"

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi to'grisida  batafsil bilmoqchimisiz?  1 - 12 jildlar to'grisida batafsil!

Batafsil 

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi haqida hujatli film!

Yuklab olish

Yangiliklar

Avstriyada taqdimot
Yaqinda Venada bo’lib o’tgan “Ferien Messe Wien - 2013” xalqaro sayyohlik yarmarkasida Avstriya va dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida faoliyat ko’rsatadigan sayyohlik kompaniyalari, ...

Mintaqamiz suv-ekologiya muammolari Berlinda muhokama qilindi
O’zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi  elchixonasida “O’rta Osiyo atrof-muhitining muhofazasi bo’yicha loyihalar: mintaqaning suv muammolari” mavzuiga bag’ishlangan ...

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axboroti
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy va milliy tajribani chuqur tahlil etib, 2013-yilning 1-fevralidan boshlab respublika aholisiga chet el valyutasini sotishning takomillashtirilgan ...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

O’zbek zamini ne'matlari Berlindagi “Yashil haftalik”da namoyish etildi
Ma'lumki, Berlin “Yashil haftalik” xalqaro qishloq xo’jaligi yarmarkasi an'ana tusini olgan va u ko’p yillardan buyon har yili yanvar oyining so’nggi o’n kunligida o’tkaziladi. 1926 ...

Yangiliklar «Æàõîí» axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan

Reyting