Ââåðõ

Ensiklopediya.uz:

O‘zME – O‘zbekiston Respublikasining birinchi universal milliy ensiklopediyasi. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etildi. Mazkur nashrni tayyorlashga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va sa’y-harakatlari b-n kirishilgan. 1996-yil 4-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston Respublikasi Qomusini nashr etish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Shu qaror asosida universal ensiklopediyaning soha so‘zliklarini tuzishga kirishildi, mezonlar ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martda «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to‘g‘risida» 154-qarori qabul qilingach, bu ishni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yuzaga keldi. Qarorda 12 jildli universal O‘zMEning ilmiy-nazariy va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishi belgilab berildi. Shu qaror asosida «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tuzildi. O‘zMEning mazmun va mundarijasini belgilashda jahon qomuschiligi an’analaridan va mamlakatimizda orttirilgan ijobiy tajribalaridan foydalanildi (O‘zME maqsadi va vazifalari uning 1-jildi muqaddimasida bayon qilingan).

- O'ZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASINING RASMIY SAYTIGA HUSH KELIBSIZ!
  • Tekst: kichikroq
  • Tekst: standart
  • Tekst: katta

Inson va tabiat
Maqolani o'qishdi: 1146 | 27-03-2010, 22:23 |

INSON VA TABIAT

“Inson va tabiat” kitobi 2009-yil fevral oyida «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan (lotin alifbosida) nashrdan chiqarildi. Muallif P.G‘ulomov, taqrizchilar A.Ismoilov, M.Mirakmalov, nashrga tayyorlovchi H.Alimuhamedova, A.Burhonov, U.Sapayev. Kitobning hajmi 5,23 nashriyot hisob tabog‘i. Adadi 1000 nusxa. Kitobda inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabat, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish masalasi bayon etilgan. Kitobcha, asosan, umumiy ta’lim maktablarining tabiiy fanlar o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Undan universitetlar hamda pedagogika institutlarining geografiya, biologiya fakultetlari talabalari va tabiatdan foydalanish masalasi bilan qiziqqan har bir kishi foydalanishi mumkin.

Yer yuzida aholi soni ko‘payib, fan va texnika rivojlanib borgan sari insonning tabiatga ta’siri kuchayib boradi, inson tabiatdan tobora ko‘p mahsulot oladigan bo‘ladi. Buning oqibatida tabiat boyliklari kamayadi, ba’zan atrof-muhit ifloslanadi, tabiatdagi muvozanat buziladi. Bu esa tabiatni muhofaza qilishni, tabiiy boyliklardan to‘g‘ri va o‘z o‘rnida foydalanishni talab qiladi.

Respublikamiz aholisi insonning tabiatdan oqilona foydalanishiga yaqqol misol bo‘la oladigan ko‘p ishlarni amalga oshirgan. Cho‘llarda va tog‘ etaklarida obod vohalar bunyod etgan. O‘zbekiston mo‘tadil va subtropik mintaqalar chegarasida, asosan, cho‘l va chalacho‘llar zonasida joylashgan. Yer yuzasining xilma-xilligi tufayli g‘arbda qumli pasttekisliklardan sharqda qorli tog‘largacha bo‘lgan rang-barang tabiat tarkib topgan. Iqlim ham o‘lkamizda xilma-xil: cho‘llarda qahraton sovuq qish jazirama issiq va quruq yoz bilan almashinib tursa, tog‘larda qish uzoq davom etadi, qor qalin yog‘adi, yozda kunlar iliq, yog‘in ham yetarli bo‘ladi. Tog‘lardagi qor va muzlardan, buloqlardan to‘yinadigan daryolar jazirama yozda vohalarni, ulardagi bepoyon ekin dalalarini, mevali bog‘larni zilol suv bilan ta’minlaydi.

O‘zbekiston hududida aholi juda qadimdan yashab keladi. Bu yerdagi kishilar miloddan avvalgi ikki minginchi yillardan buyon obikor dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Obikor dehqonchilik tarixi aholining cho‘llarga suv chiqarib, vohalar bunyod etish, suvdan tejab-tergab foydalanish, tuproqni eroziyadan, sho‘r bosishidan muhofaza qilish, sel oqimlarining, qum ko‘chkilarining yo‘lini to‘sish tarixidan iboratdir. Tog‘ etaklaridagi, tekisliklardagi, tog‘lardan oqib tushadigan daryolar vodiylaridagi gullagan vohalarni inson bunyod etgan.

Tabiatdan va uning boyliklaridan foydalanish ko‘lami hozirda juda kengaydi hamda yangicha sifat kasb etdi. Asrlar mobaynida qahrab yotgan bepoyon cho‘llarga suv chiqarilib, yangi vohalar bunyod qilindi, kanallar, suvomborlari qurildi. Yer bag‘ridan xilma-xil foydali qazilmalar topilib, ular qazib chiqarilmoqda, yirik sanoat markazlari paydo bo‘ldi. Bular oqibatida kishilarning tabiiy muhitga ta’siri juda kuchayib ketdi. Ayrim joylarda bu xavfli tus oldi. Qishloq xo‘jaligida katta maydonlarning o‘zlashtirilishi, ayniqsa, obikor yerlarning kengayishi, ko‘plab mineral o‘g‘it, turli xil defolant, gerbitsid, pestitsidlarning ishlatilishi, yirik korxonalarning qurilishi landshaft komponentlari o‘rtasidagi muvozanatning muayyan darajada buzilishiga olib keldi. Oqibatda, tabiiy jarayonlarda ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. Orol dengizi tobora qurib bormoqda. Orolbo‘yida ekologik vaziyat juda yomonlashdi.

Bularni o‘rganish, salbiy o‘zgarishlarning oldini olish hozirda eng dolzarb vazifalardan biridir. Hali dunyoda ham, respublikamizda ham tabiatni muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishda hal etilmagan masala ko‘p. Bu masalalarni hal qilish xalq ommasining tabiat muhofazasi, tabiatdan to‘g‘ri foydalanish, tabiatning umumiy geografik qonuniyatlari haqidagi bilimi darajasiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Aholining geoekologik tarbiyasi qanchalik yuqori, tabiatdan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi bilim darajasi qanchalik baland bo‘lsa, tabiatdan foydalanish madaniyati ham shuncha yuqori bo‘ladi.



Maqolaga linklar:





2012 yil rejasi

2012 yil, " O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyotining tadbirlar rejasi

To'liq ko'rish

Harid qilmoqchiman!

Yangi noyob kitob!

Hurmatli mehmon sizga O'zME nashrlaridan biri maqul kelgan bo'lsa siz saytimizdan harid qilish formasini to'ldirishingiz mumkin! va biz sizga tez orada javob beramiz!

Harid qilish shaklini to'ldirish

Oy yangiliklari

«    Àïðåëü 2012    »
Ïí Âò Ñð ×ò Ïò Ñá Âñ
 
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
 

foydali saytlar

  • > O'zbekiston matbuot va axborot agentligi
  • > «Æàõîí» axborot agentligi
  • > O'zbekiston milliy axborot agentligi
  • > O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi konunchilik palatasi
  • > O'zbekiston Respublikasining prezidentining matbuot xizmati
  • > O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi


"O'zME"

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi to'grisida  batafsil bilmoqchimisiz?  1 - 12 jildlar to'grisida batafsil!

Batafsil 

O'zbekiston milliy ensiklopediyasi haqida hujatli film!

Yuklab olish

Yangiliklar

Davra suhbati “Mustahkam oila yili” mavzusiga bag’ishlandi
O’zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasida mamlakatimizning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbati “Mustahkam oila yili” mavzusiga bag’ishlandi
O’zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasida mamlakatimizning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Xitoy matbuoti sahifalarida O’zbekiston mavzusi
Xitoy ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, mustaqillik yillari davomida erishilgan keng ko’lamli muvafaqqiyatlar, O’zbekistonning xorijiy davlatlar va xalqaro ...

Xitoy matbuoti sahifalarida O’zbekiston mavzusi
Xitoy ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, mustaqillik yillari davomida erishilgan keng ko’lamli muvafaqqiyatlar, O’zbekistonning xorijiy davlatlar va xalqaro ...

Saudiya Arabistoni delegatsiyasi uchrashuvlari
Saudiya Arabistoni Podshohligi Maslahat kengashi Raisi Abdulla Ol ash-Shayx rahbarligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida 24-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ...

Yangiliklar «Æàõîí» axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan

Reyting