Болалар учун расмли изоҳли луғат
Kelajakda Vatanning ko‘rar ko‘zi, ishongan tog‘i bo‘lish uchun har bir farzand o‘zini anglab yetishi kerak. O‘zini o‘zi anglash esa o‘z ona tilini mukammal bilishdan boshlanadi. Bizning ona tilimiz shunday go‘zal, shunday boy va imkoniyatlari katta tilki, so‘zlarimiz ma’nosini tushungan holda, o‘z o‘rnida ishlatilsa, tinglagan odam shavq-u zavq oladi.
Hukmingizga havola etilayotgan bolalar uchun rasmli izohli lug‘at farzandlarimizga o‘zligini angashdek mas’uliyatli vazifani uddalashda yaqin ko‘makchi bo‘ladi degan umiddamiz. Lug‘atda sevimli farzandlarimiz uchun ona tilimizning ming bir so‘zini uning turli ma’nolarida izohlab, rasmlar yordamida tushuntirib berishga harakat qilingan.