Ушбу қўлланмада ташкилот ва муассасаларнинг иш юритиш фаолиятида энг кўп қўлланадиган ҳужжатлар, уларни тузиш тартиб-қоидалари масалаларига тўхталинди, улар тегишли намуналар билан кўрсатилди, иш юритишга оид луғат берилди. Қўлланма, биринчи навбатда ташкилотлар раҳбарлари ва ходимларига, бошқарув фаолиятида бевосита ҳужжат устида ишловчилар, котиб-референтлар, кадр хизмати ходимларига мўлжалланган, шунингдек, ундан бухгалтерлар, адлия маслаҳатчилари, аудитор, менежерлар ҳам фойдаланишлари мумкин.
Read MoreKun: 22.12.2017
RUSCHA-O‘ZBEKCHA LUG‘AT
Lug‘atga rus tili nuqtai nazaridan zarur hisoblangan va eng ko‘p qo‘llanadigan 5000 so‘z, muhim ibora va turg‘un birikmalar kiritilgan. Lug‘at rus tilini o‘rganuvchi keng kitobxonlar ommasiga, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilariga mo‘ljallangan.
Read MoreBuyuk ajdodlarimiz
Ushbu kitob Turon, Movarounnahr zaminida yashab o‘tgan, “ulug‘ bobolarimiz”, “buyuk ajdodlarimiz” deb sharaflab, g‘ururlanib tilga olib kelingan mo‘tabar zotlar haqida yozilgan. Bular orasida uzoq davr tillarda doston bo‘lib kelgan xalq qahramonlari, chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan zabardast sarkardalar, jahonshumul ahamiyatga molik davlat va din arboblari, umuminsoniyat tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir-olimlar bor. Kitob o‘sib kelayotgan yoshlarga – barkamol avlodga, umuman, buyuk siymolarimiz haqida ma’lumot olishni istagan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Read More