Toshkent shahrida “Adabiyotga e`tibor – ma`naviyatga, kelajakka e`tibor” shiori ostida kitob bayrami bo`lib o`tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, noshirlar, yoshlar ishtirok etdi.
Ko`rgazma va kitob savdolarida yurtimiz nashriyotlarida chop etilgan badiiy, siyosiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar, darslik va qo`llanmalar taqdim etildi.
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti ensiklopediya, lug‘at va ma’lumotnomalar, shuningdek badiy hamda umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi