LOTIN TILI VA TIBBIYOT TERMINOLOGIYASI
Lotin tili va tibbiyot terminologiyasi fani darsligi kasb-hunar kollejlari uchun tuzilgan o‘quv dasturi asosida qayta ishlandi va to‘ldirildi. Fonetika, harf va tovushlar tasnifi, odam skeleti, tashqi va ichki a’zolari, dori shakllari, dorivor o‘simlik qismlariga doir ma’lumotlar hamda nazorat ishlari variantlari va test savollari kabi qismlar kiritildi. Ushbu darslikda tibbiy atamalarning yasalishi va ularning zamonaviy tibboyot terminologiyasi (anatomik, davolash hamda dorishunoslik)da qo‘llanilishi berilgan. Darslikdagi mavzular boblarga bo‘lingan. Qo‘shimcha ma’lumotlarda ayrim kasalliklar, shifobaxsh o‘simliklar va mevalarning lotincha nomlari hamda lotin tilida qo‘shimcha matnlar berilgan.