БОЛАЛАР АДАБИЁТИ

«INSONIYAT TARIXIDAN LAVHALAR»

(Katta yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun ensiklopediya)

Ushbu kitob sizni sir-sinoatga to‘la moziy sari ajoyib sayohatga yetaklaydi, insoniyat tarixida bo‘lib o‘tgan qiziqarli va olamshumul voqealardan hikoya qiladi.
«Ilk insonlar», «Selungur g‘ori», «Ko‘lbuloq xazinalari», «Globus­­ning yarati­lishi», «Titanik»ning halokati» va boshqa shu kabi bo‘limlarda batafsil hamda qiziqarli tarzda bayon etilgan sirli va jahon­shumul voqea­lar bolalar­ni qadim tarix sahifalari bo‘ylab unu­tilmas sayrga chorlaydi.
Buyuk tarixiy shaxslar, kashfiyotlar, mo‘jizaviy inshoot­lar, turli xalqlar tomonidan yaratilgan tamaddunlar haqida ma’lumot beradi.

«BOLAKAY NIDOSI»

Afrikalik yozuvchi Jeyms Ngugi bir-biridan qiziqarli sarguzashtlarga boy ushbu romanida oq tanli mustamlakachi Xaulends, qora tanli zamindor Jakoba hamda kambag‘al kishi Ngoto oilasi misolida o‘z yerlari uchun vaqtida jon ko­yitmagan, qayg‘urmagan keksa keniyaliklar ustidan kuladi, bunday beparvolik, noahillik va sustkashlik orqasida mislsiz fojialar yotganini ro‘yi rost yorqin manzaralarda ko‘rsatadi.

 

 

 

«BUG‘ULAR IZIDAN»
(hikoyalar to‘plami)

«Axir jonivorlar – jigarlarimiz!» Bu nido shoir S. Yesenin qalbidan otilib chiqqan. U xuddi «G‘aroyib olam» uchun maxsus yozilganday. Chunki to‘plamga kiritilgan hikoya va qissalar tilsiz qadrdonlarimiz haqida. Ularda hayvonlarning hayoti, taqdiri, yashash tarzi, atrofdagi narsa, hodisa va kimsalarga munosabati juda nozik, izchil tasvirlangan. Mutolaa davomida kitobxonlar amin bo‘lishadi – bu olam rostdan ham g‘aroyib.
To‘plamdan Jek London, Seton-Tompson, Orosio Kiroga kabi mashhur yozuvchilar asarlarinig O. Otaxon, T. Murod va E. Usmonov tomonidan qilingan tarjimalari o‘rin olgan.
Ishonamizki, mazkur majmuani o‘qigan har bir bolakay qalbida, ong-u shuurida ona-tabiatga, undagi nabotot va hayvonot olamiga nisbatan iliq mehr uyg‘onadi, ularni asrab-avaylash, himoya qilish kerakligi haqidagi tushuncha paydo bo‘ladi! Zero, yozuvchilarning asl maqsadi ham mana shu.

«Bilimlar saltanati»
(kuzatuvchanlik, topqirlik, zukkolik)

O‘quvchilarga taqdim etilayotgan ushbu to‘plam o‘ziga xos bir «ertak» bo‘lib, unda to‘plangan jumboqlar yo‘lingizdagi o‘ziga xos to‘siq va sinovlardir. O‘zingizni sinab ko‘ring. Berilgan savollarga javob bersangiz, bu masalalarni hal qilsangiz, sizga ertaklardagidek yarim saltanatni hadya eta olmasak-da, topqirlik, uddaburonlik, bilimdonlikning g‘aroyib saltanati eshigini ochib beramiz, degan umiddamiz. Shu bilan birga, to‘plamga kiritilgan har xil qiziqarli savol va masalalar maktabda olgan bilimlaringizni boyi­tadi, chuqurlashtiradi, dunyoqarashingizni kengaytiradi, xotirangizni mustahkamlaydi, juda bo‘lmaganda, bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tkazishingizga ko‘maklashadi. Bu saltanat ne’matlaridan bahramand bo‘lsangiz, kundalik faoliyatingizda uchraydigan har xil hayotiy masalalarni ijobiy hal qilishingizda asqotadi deb o‘ylaymiz.

«Sirli olam»

Bolalar uchun mo‘ljallangan ushbu kitobning «Troya urushi», «Orlean qizining paydo bo‘lishi», «Vatikan siri», «Armada nima uchun halok bo‘ldi?», «Birinchi jahon urushi sir-asrorlari» va boshqa shu kabi bo‘limlarida tarixiy voqealarning sodir bo‘lish sirlari mufassal hamda qiziqarli tazda hikoya qilinadi. Napoleon, Mata Xari, Motsart, Leonardo da Vinchi, Ernest Xeminguey, Ekzyuperi, Merilin Monro, Jon Kennedi kabi ayrim tarixiy shaxslar hayotidagi sirli hodisalar bolalarbop bayon etiladi.
Kitobdagi bezaklar o‘qilgan qiziqarli hikoyalar mazmunini yanada ravshanroq anglashga yordam beradi.

 

 

«Chig‘anoq shahzoda»
Birma xalq ertaklari
(Tarjimonlar: Salomat Azimova, Nosir Sodiqov, Mirjalol Tursunov)

O‘quvchilarga taqdim etilayotgan ushbu kitobdan bir-biridan qiziqarli sarguzashtlarga boy ertaklar to‘plami joy olgan. «Chig‘anoq shahzoda» nomli ushbu kitobga Birma mamlakatining bir qancha mahalliy elatlari ertaklari kiritilgan. Masalan, «Palun ertaklari», «Mon ertaklari», «Karenlar ertagi», «Kachina ertaklari», «Inta ertaklari». Mazkur ertaklar turli xil mavzularda yozilgan bo‘lib, unda yerning paydo bo‘lishi, undagi hayotiy voqealar o‘rin olgan. Ertaklarda qahramonlarning ota-ona, aka-uka, opa-singil, do‘stlarning bir-biriga bo‘lgan munosabati, undagi yaxshilik va yomonlik, ayyorlik bilan xasislik, rostgo‘ylik va yolg‘onchilik, ishonch va ishonchsizlik singari xislatlarini uchratish mumkin. Shuningdek, to‘plamga ona tabiat, undagi hayvonot olamiga doir ertaklar ham kiritilgan.

«УРАГАННАЯ НОЧЬ».

Рассказы Исаджана Султана отличается своим необычным стилем. Читая рассказы, вы невольно погружаетесь в таинственный мир природы, земной и водной стихии. Он очень красиво и восторженно описывает пейзаж и быт сельской жизни, углубляется в тонкости человеческой души. Языком ребенка описывает все переживания и чувства, происходящие в каждой человеческой души. Рассказы повлекут вас в интереснейший мир приключений, в таинственный смысл притчей и сказок. В этих его маленьких рассказах кроится большой смысл жизни, ответы на вопросы, которые волнуют каждого человека в продолжении всей его жизни. Необычный стиль рассказов, красивое описание пейзажа, каждого листка, каждой букашки, каждой волны протекающий в человеческом сердце не оставляют вас равнодушным. Вы непременно будете переживать вместе с героями рассказов, испытывать те же чувства, что и они. И мы уверены, что вы найдете в них ответы на интересующие вас вопросы.