«BOLALAR ENSIKLOPEDIYASI»

«BOLALAR ENSIKLOPEDIYASI»

Aziz bolajonlar! Siz mamlakatimizning baxtiyor farzandlarisiz. Bolaligingiz, yoshligingiz mustaqillik davrida o’tmoqda. Yurtimiz egasi, xalqimiz kelajagisiz. Demak, yoshlikdan bilimdon, tadbirkor, uddaburon bo’lib kamolga yetishingiz lozim. Buning uchun Sizda barcha imkoniyatlar mavjud. Bilim olishga, kasb-hunar egallashga istak bo’lsa, bas. Insoniyat XXI asrda yashamoqda. Bu asrda davlatimiz yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan joy olishi lozim. Buning uchun diyorimiz odamlari yetuk bo’lishi kerak. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, kelajakda O’zbekiston yuksak taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim. Qo’lingizdagi kitob ana shunday farzandlarni tarbiyalab yetishtirishga…

Read More

ИШ ЮРИТИШ

ИШ ЮРИТИШ

Ушбу қўлланмада ташкилот ва муассасаларнинг иш юритиш фаолиятида энг кўп қўлланадиган ҳужжатлар, уларни тузиш тартиб-қоидалари масалаларига тўхталинди, улар тегишли намуналар билан кўрсатилди, иш юритишга оид луғат берилди. Қўлланма, биринчи навбатда ташкилотлар раҳбарлари ва ходимларига, бошқарув фаолиятида бевосита ҳужжат устида ишловчилар, котиб-референтлар, кадр хизмати ходимларига мўлжалланган, шунингдек, ундан бухгалтерлар, адлия маслаҳатчилари, аудитор, менежерлар ҳам фойдаланиш­лари мумкин.

Read More

Buyuk ajdodlarimiz

Buyuk ajdodlarimiz

  Ushbu kitob Turon, Movarounnahr zaminida yashab o‘tgan, “ulug‘  bobolarimiz”, “buyuk ajdodlarimiz” deb sharaflab, g‘ururlanib tilga olib kelingan mo‘tabar zotlar haqida yozilgan. Bular orasida uzoq davr tillarda doston bo‘lib kelgan xalq qahramonlari, chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan zabardast sarkardalar, jahonshumul ahamiyatga molik davlat va din arboblari, umuminsoniyat tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir-olimlar bor. Kitob o‘sib kelayotgan yoshlarga – barkamol avlodga, umuman, buyuk siymolarimiz haqida ma’lumot olishni istagan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.  

Read More

YER VA EL

YER VA EL

Qo‘lingizdagi kitobda: Yer qayerda joylashganligi bilan qiziqib ko‘rganmisiz? Yer paydo bo‘lgandan bugungacha bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari haqidachi? Sizningcha Yer yuzida qanday xalqlar yashaydi? Yer yuzida nechta qit’a bor? Siz-chi, qaysi qit’ada yashaysiz? «Yer va el» sizning savollaringizga javob beradi.

Read More

O‘SIMLIK OLAMI

O‘SIMLIK OLAMI

Qo‘lingizdagi kitobda: Go‘sht bilan oziqlanadigan qanday o‘simliklar borligini bilasizmi? Eni inson bo‘yi bilan teng keladigan gullarni-chi? Siz sevib iste’mol qiladigan kartoshkaning vatani qayer? «Tirik tosh» deb nomlanadigan o‘simliklar haqida eshitganmisiz? Bularning barchasini «O‘simliklar olami»dan bilib oling!

Read More

ЎЗБЕКИСТОН ЎҚУВЧИЛАРИНИНГ «УСТОЗИ» 60 ЁШДА!

ЎЗБЕКИСТОН ЎҚУВЧИЛАРИНИНГ «УСТОЗИ» 60 ЁШДА!

«Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий ншариёти Ўқув адабиётлар ва тезкор нашрлар бўлими муҳаррири, 1-тоифа илмий муҳаррир Анвар Зулпихаров 8 июль куни олтмиш ёшга тўлди. Нашриёт раҳбар ва ходимлари Анвар ака Зулпихаровни муборак олтмиш ёши билан қутлаб, тадбир ташкиллаштирилди. Тадбир якунида юбилярга зарбоф тўн ва бошқа совғалар дақдим этилди.

Read More